$
 12858.15
-58.95
 14505.28
44.59
 159.71
-0.43
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

2024-yil 14-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

positive-24-4-14

Badiiy gimnastika bo‘yicha final 

Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ayni kunlarda Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tkazilayotgan Jahon kubogi bosqichida qatnashmoqda. Bugun hamyurtimiz Taxmina Ikromova bulva, halqa va to‘p yo‘nalishlarida final bosqichida ishtirok etadi. Final bosqichida yurtdoshimizga omad tilaymiz.

14-aprel kuni avtomobillar uchun yopiq bo‘lgan yo‘llar

Toshkent shahrida 14-aprel kuni biatlon chempionati doirasida marafon o‘tkazilishi munosabati bilan Yangi O‘zbekiston ko‘chasining katta qismida transportlar harakati soat 6:00 dan 14:00 gacha to‘liq cheklandi. Ishtirokchilar Maxtumquli-Yangi O‘zbekiston yo‘l o‘tkazgichidan Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab “Yangi O‘zbekiston” bog‘igacha bo‘lgan masofani bosib o‘tdi.

 Bog‘bon boboga sovg‘a “Treker”

Sayxunobod tumanidagi Paxtakon mahallasida yashovchi Tursunboy ota Aripovni nafaqat tumanda, balki viloyatda ham ko‘pchilik mirishkor bog‘bon sifatida biladi. Otaxon 2011-yilda nafaqaga chiqqach, tomorqasida uzumchilik bilan shug‘ullana boshladi. Uzoq yillar uzum yetishtirib, tok parvarishining hadisini oldi. Hozir uzumning rizamat, husayni, kelin barmoq, shohonaki, ketmon sop kabi navlarini ko‘paytirmoqda. Otaxon yangi “abatar” navini payvand qilganini aytdi. Prezident tumanga tashrifi chog‘ida Tursunboy otaning ishlari bilan tanishib, u kishiga “Treker” avtomashinasini sovg‘a qildi.

Issiq suv ta’minotida uzilishlar

Veolia Energy Tashkent"ning xabar berishicha, 15-apreldan issiq suv ta’minotida to‘rt kunlik uzilishlar boshlanadi. Quyida o‘chirish manzillari va sanalari keltirilgan.

22-apreldan 26-aprelgacha

Mustaqillik shoh ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo‘rg‘on, O‘tkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, Navnihol 3-ko‘chasi, Yassi, Qalandar, Bo‘zko‘cha, Sayram 5-tor ko‘chasi, Sayram 7-tor ko‘chasi, Chust, Katta Darxon, Katta Darxon 2-tor ko‘chasi, Geologiya, Ibrohim Mo‘minov, Niyozbek yo‘li, Kichik halqa yo‘li, Katta halqa yo‘li, Do‘rmon yo‘li, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Bog‘ishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirqyigit, Tamaraxonim tor ko‘chasi, Ozodlik, Feruza ko‘chalari, Yalong‘och, Toshqishloqmash, Mavlono Riyoziy, Bo‘z-1, Bo‘z-2, Feruza dahalari, ToshGRES posyolkasi, Hamid Olimjon maydoni, Toshkent davlat agrar universiteti hududlarida uzilishlar kuzatiladi.