$
 12910.15
-14.77
 14660.77
40.1
 159.78
-0.16
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

2024-yil 11-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

Positive-24-4-11

Tarixiga oid nodir kitoblar taqdiri

Mamlakatimizning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov Oksford Islom tadqiqotlar markaziga O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan taqdim etilgan yurtimiz tarixi, san’ati, madaniyati hamda milliy hunarmandchiligiga bag‘ishlangan kitoblarni hadya etdi. Oksford Islom tadqiqotlar markazi 1985-yilda tashkil etilgan bo‘lib, islomshunoslik sohasida dunyodagi eng nufuzli ilmiy markazlardan biri sanaladi. Markaz vasiysi Buyuk Britaniya qiroli Karl III hisoblanadi.

Bayram va dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi?

 Ramazon hayiti munosabati bilan uch kun ya’ni 10-apreldan 12-aprelgacha dam olish kuni etib belgilandi. Shu kunlarda quyidagi banklarning valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat yuritadi. Xususan, «Ipak yo‘li bank», «O‘zmilliy bank», «Biznesni rivojlantirish banki», «Agrobank», «Hamkorbank», «Trastbank», «Turonbank», «Aloqabank», «Sanoatqurilishbank», «Xalq banki», «Asakabank», «Infinbank», «Ipoteka bank», «Garant bank», "Poytaxtbank", «Asia Alliance bank», «Octobank», «Universalbank», «Orient Finans Bank», «Hayotbank», «Tengebank», «Davrbank», «Anorbank» ish faoliyatini olib boradi.

Nigina Abduraimova Shveysariyadagi yutuqlari

Mamlakatimizning birinchi raqamli ayol tennischisi Nigina Abduraimova Shveysariyada o‘tkazilayotgan «W75 BELLINZONA LADIES OPEN» turnirida yakkalik va juftlik bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Nigina yakkalik bahslarining ilk davrasida germaniyalik Mona Bartel bilan raqobatlashdi va 1:6, 6:4, 6:3 hisobida zafar quchdi. Bundan tashqari, N.Abduraimova juftliklar o‘rtasida Fransiyalik Karol Monne bilan tandem hosil qilib, birinchi davrada mezbonlar tennischilari Kyara Talleri va Zoi Kayegini 6:4, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 

Akbar Jo‘rayev Jahon Kubogi g‘olibi bo‘ldi

Tailandning Pxuket shahrida shiddatli bahslarga boy tarzda davom etayotgan jahon kubogining o‘ninchi kungi musobaqalarida mamlakatimiz og‘ir atletikachilari 4 ta medalga sazovor bo‘ldi. Iste’dodli sportchimiz Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarishda 189 kilogramm, siltab ko‘tarishda 227 kg. va ikki kurash natijasiga ko‘ra, 416 kilogramm toshlarni bo‘ysundirgan holda jahon kubogining 3 ta oltin medalini qo‘lga kiritdi. Taqdirlash marosimida olis Tailandda Akbar Jo‘rayevning g‘alabasi sharafiga O‘zbekiston madhiyasi yangrab, bayrog‘imiz sarbaland bo‘ldi.