$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 2-dekabrning eng muhim voqealari dayjesti

2-dekabr

Joriy yilda qariyb 23 milliardlik dori vositalari xarid qilindi

2024 yilning 9 oyi davomida 22 mlrd, 671 mln. so‘mlik ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari xarid qilindi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda “Dori-darmon” AK boshqarma boshlig‘i Xurshida Eshbekova ma’lum qildi.

2024-yilning 9 oyi davomida 14 toifadagi shaxsga “Dori-darmon” AK va uning tizimidagi jamiyatlarga qarashli dorixonalar orqali 292 750 ta resept orqali 22 mlrd. 136 mln. so‘mlik dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berildi. Joriy yilning shu davriga qadar 1 mln 100 ming dozadan oshiq grippga qarshi vaksinalar olib kelingan bo‘lib, bu vaksinalar O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga, tibbiyot markazlariga, qurollik kuchlar, ichki ishlar vazirligi, xususiy tashkilotlarga, vaksinatsiya markazlariga yetkazib berildi.

Bugungi kunda kompaniyaga qarashli 52 ta, shundan Sirdaryo viloyatidagi 42 ta va Toshkent shahridagi 10 ta dorixona va dorixona shoxobchalari reimbursatsiya dasturiga ulangan.

2024-yilning 10 oyi davomida kompaniyaning reimbursatsiya dasturiga ulangan dorixonalari orqali 3,6 mlrd. so‘mlik dori vositalari elektron resept orqali bemorlarga bepul berildi.

Joriy yilda 95 mingdan ortiq kirish yo‘lagida “qizil” toifadagi 108 mingdan ortiq shit ta’mirlandi

AOKAda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumanida qish mavsumini betalofat o‘tkazish, kommunal xizmatlar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Joriy yilda 5 409 ta ko‘p kvartirali uylar ta’mirlandi. 

Buning uchun boshqaruv tashkilotlarining 132 mlrd. so‘m mablag‘lari jalb qilindi. Ushbu mablag‘lar hisobidan:

• 1 777 ta uylarning tom qismi;

• 4 637 ta kirish yo‘laklari;

• 3 624 ta elektr taqsimlovchi shitlar;

• 1 199 ta yerto‘la qismi;

• 852 ta uyning ichki muhandislik tarmoqlari;

• 737 ta uylarning fasad qismi ta’mirlandi;

• 1 507 ta temir eshiklar, 1 544 ta kodli qulflar,

• 6 402 kv.m framuga oyna romlar va 53 634 ta energiya tejamkor sensorli lampalar o‘rnatildi.

Tasdiqlangan Dasturdan tashqari qo‘shimcha ravishda

59,8 mlrd so‘m (40,1 mlrd so‘m boshqaruv tashkilotlari mablag‘lari, 12 mlrd so‘m mahalliy byudjet va 7,7 mlrd so‘m homiylar) mablag‘lari hisobidan 4 440 ta ko‘p kvartirali uylarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Issiqlik ta’minoti sohasini yaxshilash maqsadida Davlat dasturi doirasida 2024 yilda 15 ta loyiha doirasida 10 ta qozonxonalar qurilib, 14 ta qozonlar o‘rnatildi. Shu bilan birga, 64,7 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarinii qurish va montaj qilish ishlari yakunlandi. Qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirish orqali hududlardagi 10 mingdan ortiq xonadondan iborat 261 ta ko‘p qavatli uy va 21 ta ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik energiyasi ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilgan.

YeTTB O‘zbekistonda ayollar va yoshlar tadbirkorligi dasturlarini rivojlantiradi

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Kengashi direktori Liliana de Sa Kirxknopf bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning YeTTB bilan moliyaviy va investitsiyaviy hamkorligini yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

YeTTB Kengashi direktori Liliana de Sa Kirxknopf bank hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholashini va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Uchrashuv yakunida O‘zbekistonda "yashil" iqtisodiyot, energetika va transport sohalaridagi loyihalarni YeTTB tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, shuningdek, ayollar va yoshlar tadbirkorligi dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

YeTTB shu kunga qadar O‘zbekiston bilan hamkorlikda jami 164 ta loyihani amalga oshirgan. Umumiy loyihalar portfelining 52 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha konferensiyada ishtirok etmoqda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi (UNCCD) Tomonlar konferensiyasi 16-sessiyasining (COP16) ochilish marosimida ishtirok etmoqda. Delegatsiya tarkibida Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamrayev, Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Nodirjon Turgʻunov, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va respublikaning boshqa idoralari vakillari ham bor.

“Bizning yerimiz. Bizning kelajagimiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirda konvensiyasining 197 ta ishtirokchisi (196 ta davlat va Yevropa Ittifoqi) vakillari ishtirok etmoqda. Konferensiya joriy yilning 13-dekabriga qadar davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning noyabr oyida Samarqandda BMTning Cho'llanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrosini ko'rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi oʻtkazilgan boʻlib, unda 196 mamlakatdan 1000 dan ortiq delegat ishtirok etgan.