$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 11-dekabrning eng muhim voqealari dayjesti

positive-24-12-11

O‘zbekistonlik bokschilar va’da qilingan 100 ming dollarni olishdi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) rahbari Umar Kremlyov Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan tashkilot tadbirlari doirasida o‘zbekistonlik Olimpiada chempioni bo‘lgan bokschilarni 100 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirladi. Ma’lum bo‘lishicha, bu mukofot Parij-2024 Olimpiada o‘yinlari chempionlariga va’da qilingan mukofot pullari bo‘lib, O‘zbekistondan besh nafar bokschi: Bahodir Jalolov, Hasanboy Dusmatov, Lazizbek Mullajonov, Abdumalik Xalokov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevga topshirildi.

“Ezgulik” jamiyati Fransiyaning inson huquqlari oliy mukofoti bilan taqdirlandi

Bugun Fransiya Adliya vazirligida inson huquqlari sohasidagi eng yuqori mukofotlardan biri – Fransiya Respublikasining Inson huquqlari mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekistonning “Ezgulik” tashkiloti Fransiyaning ana shunday yuqori darajali mukofoti bilan taqdirlandi. Mukofotni jamiyat rahbari Abduraxmon Tashanov qabul qilib olgan. “Ezgulik” jamiyati «Rossiyada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik ishchilar va mahbuslarning Rossiya armiyasiga majburiy safarbar etilishi to‘g‘risida O‘zbekiston fuqarolarini xabardor qilishga qaratilgan» ishlari uchun mukofotga munosib, deb topilgan. Mukofotni qabul qilib olgan tashkilot rahbari Tashanov shunday deydi:”Parijda "Ozodlik, tenglik, birodarlik" nomli Fransiya hukumatining Milliy mukofoti topshirildi. Mukofotni oldik, endi gap teng va birodar bo‘lishimizda qoldi. Albatta, tafakkurimizdagi hadik va istiholadan ozod bo‘lishda ham”.

O‘zbekiston universiteti TOP-1000 talikdan joy oldi

Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish sohasidagi eng yaxshi universitetlar reytingi (QS Sustainability Rankings 2025) e’lon qilindi. Dunyoning ikki mingga yaqin universitetlarini qamrab olgan mazkur reytingda O‘zbekiston Milliy universiteti 931-940-o‘rinni egallab, top-1000 talikdan joy oldi. Ma’lumot o‘rnida, mazkur reytingdan O‘zbekistonning 7 ta oliy ta’lim muassasasi, jumladan, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti 828-o‘rin, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 1161-1180, Toshkent davlat texnika universiteti 1251-1300, Toshkent davlat transport universiteti 1401-1450, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1501+, Urganch davlat universiteti 1051+ o‘rinlarni qayd etdi.

O‘zbekiston boks jamoasi Osiyoni zabt etdi

Tailandning Chiangmay shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu qit’a birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi birinchilikni qo‘lga kiritdi. Musobaqada 18 ta davlat qatnashgan bo‘lib, unda O‘zbekiston delegatsiyasi 24 nafar bokschi bilan ishtirok etgan. Jamoa yakunda umumiy hisobda 20 ta medal to‘plagan(11 ta oltin, 6 ta kumush, 3 ta bronza). Ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston band qilgan(jami 20 ta medal – 9 ta oltin, 5 ta kumush, 6 ta bronza). Uchinchi o‘rinni jami 9 ta medal jamg‘argan tailandlik bokschilar egallagan(3 ta oldin, 2 ta kumush, 4 ta bronza).

Теги :
Jamiyat