$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 2-noyabrning eng muhim voqealari dayjesti

2-noyabr dayjest

Senat a’zoligiga saylov sanasi ma’lum bo‘ldi

Markaziy saylov komissiyasi majlisida ma’lum qilinishicha, Senat a’zolari saylovi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shaharlar mahalliy kengashlari qo‘shma majlisi 7—12-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Abduqodir Husanov yana bir London klubi nishonida

Football Insider sayti xabariga ko‘ra, Angliyaning Tottenhem klubi o‘zbekistonlik 20 yoshli himoyachini yanvar oyidayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Qayd etilishicha, London klubi jamoa markaziy himoyachisi Mikki van de Venning Angliya liga kubogi doirasida Manchester Sitiga qarshi o‘yinda (2:1) jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqanidan so‘ng, Abduqodir Husanov transferini yanvar oyida amalga oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Avvalroq, Tottenhem"dan tashqari APLning Nyukasl va Vest Hemklublari ham Lans himoyachisiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Husanov va Lans jamoasi birozdan so‘ng, Parijda PSJ"ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin soat 21:00 da boshlanadi.

Yangi universitet tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-oktyabr kuni “Navoiy davlat universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qarorga bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Navoiy viloyati hokimligining Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan. Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishlarini universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025-o‘quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga universitet diplomi beriladi. 

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari 40 ga yaqin davlatlarning 280 dan ortiq nufuzli oliygohlarida tahsil olmoqda 

“El-yurt umidi” jamg‘armasi rahbariyatining ma’lum qilishicha, ayni vaqtda 550 nafar stipendiat AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Kanada, Italiya, Ispaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya kabi davlatlardagi OTMlarning bakalavriat, magistratura, ordinatura hamda doktorantura dasturlarida o‘qishlarini davom ettirmoqda. Ta’lim muassasalari orasida Oxford, Garvard, Cambridge, University College London, Imperial College London kabi dunyoning eng nufuzli universitetlari va ilmiy markazlari bor, deyiladi xabarda.