$
 12778.12
78.98
 14931.23
83.4
 164.01
1.85
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

2024-yil 17-noyabrning eng muhim voqealari dayjesti

17

IV “Samurai” xalqaro turniri bolib o‘tdi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida Aziz Saidov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy IV “Samurai” xalqaro turniri o‘tkazildi. Unda yurtimiz dzyudochilaridan tashqari Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iz Respublikalaridan kelgan 500 nafardan ziyod iste’dodli polvonlar bahslashdi.

Xalqaro turnirning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Sport vazirligi, Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda dzyudo federatsiyasi mutasaddilari so‘zga chiqib, yosh dzyudochilarga mas’uliyatli bellashuvlarda omad tiladi.

Mazkur musobaqada vakillarimizdan Rustambek Sokidinov, Aydos Azadov, Mahmudbek Temirov, Otabek Yo‘ldoshboyev, Oybek Ahmedov, Inomjon Bahodirov va Ruslan Temurov 2008-2009 yillarda tug‘ilgan polvonlar o‘rtasida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ushbu toifadagi qizlar bahsida Jasmina Tojaliyeva shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin oldi. Kichik o‘smirlar bahsida Otabek Muhammadov, Jahongir Yo‘ldoshev va Bilolbek Bekzodov barcha raqiblarini yengib, IV “Samurai” xalqaro turniri g‘olibi deya e’tirof etildi.

O‘zbekistonda uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritildi. Qonunga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik) faoliyatidan olingan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi. Shuningdek, tutzorlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda hisoblab chiqariladi.

2024-yilning fevralida Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda pilla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligi oshirilishi, aholiga pilla yetishtirish uchun subsidiya berilib, uni yetishtiruvchilar daromad solig‘idan ozod qilinishi aytilgandi. Prezident pillachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha mutasaddilarga qator topshiriqlar bergandi.

O‘zbekistonda probatsiya bo‘linmalari xodimlari vakolati kengaytiriladi

O‘zbekistonda probatsiya xizmati inspektorlariga huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzish vakolati berildi.

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ayrim moddalariga, jumladan, ma’muriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ta’sir choralarini kuchaytirishni, shuningdek, ichki ishlar organlari probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilmoqda. 

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 248-moddasi to‘rtinchi qismiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish orqali ichki ishlar organlarining 185-2 (sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish) va 187-moddalari (jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish) bo‘yicha probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolatini probatsiya xizmatining katta inspektori va inspektoriga berish normasi belgilandi.

Informatika o‘qituvchilari uchun Python va neyrotarmoqlar bo‘yicha bepul kurslar yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonning Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti informatika o‘qituvchilari uchun Python dasturlash asoslari va neyrotarmoqlarni o‘rganishga mo‘ljallangan bepul kurslarni yo‘lga qo‘ydi. Kurslar Yandex mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi.

Ishtirokchilar Python tilining asosiy konstruksiyalaridan obyektga yo‘naltirilgan dasturlashgacha bo‘lgan mavzularni o‘zlashtirishlari va bu bilimlarni amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Kurslar onlayn formatda o‘tkaziladi, bu esa o‘qituvchilarga ishlaridan chalg‘imasdan qulay sur’atda o‘qishni ta’minlaydi.