$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 7-oktyabrning eng muhim voqealari

7. dayjest

Fermer xo’jalik foydasiga milliarddan ortiq summa undirib berildi

Joriy yilning birinchi yarim yilligida bevosita Biznes-ombudsman devoni, “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali tadbirkorlardan jami 9 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan.  

Ana shunday murojaatlardan biri xorazmlik tadbirkordan kelib tushdi. Tadbirkor qarzdorlikni undirishda yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi. O‘rganishlarga ko‘ra, Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga asosan fermer xo‘jaligi foydasiga qarzdorlik undirilishi lozim edi. Biroq ijro hujjati to‘liq bajarilmay qolgan. Majburiy ijro byurosining Yangibozor tuman bo‘limiga kelib tushgan ijro hujjati bo‘yicha ish ochilgan bo‘lsa-da, 2024-yil 26-avgust holatiga ko‘ra, qarzdor jamiyatdan 28 milliard so‘mdan ortiq qarzdorlik undirish bo‘yicha 61 ta ijro hujjati mavjud bo‘lib, shunga ko‘ra tadbirkorga atigi 15 million so‘m qarzdorlik to‘lab berilgan.  

Biznes-ombudsman aralashuvidan so‘ng, davlat ijrochisi tomonidan qarzdor jamiyatning bank hisob-raqamlariga elektron tarzda band solinib, inkassa topshiriqnomalari qo‘yildi va mol-mulklariga taqiqlar qo‘yildi.  

Natijada 1,3 milliard so‘m miqdorida qarzdorlik fermer xo‘jaligi foydasiga undirildi.  

“Sahro savdosi” II xalqaro yoshlar festivali o’tkazildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Ellikqal’a tumani hokimligi va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Ellikqal’a tumanida “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostida “Sahro sadosi“ II Xalqaro yoshlar festivalini o‘tkazdi. Mazkur festival mamlakatimiz shu jumladan, Qoraqalpog‘istonning turistik salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Festivalda Xorvatiya, Hindiston, Xitoy va qo‘shni mamlakatlardan turizm bo‘yicha mutaxassislar, ilmiy tadqiqotchilar hamda 1000 ga yaqin talaba yoshlar ishtirok etdi.

Abdusattorov g’alabaga erishdi

Londonda davom etayotgan “Global Chess League “Tech Mahindra” turnirining ikkinchi tur musobaqalarining deyarli teng yarmi ortda qoldi. Oltita jamoa bir-biri bilan kamida bir martadan to‘qnash keldi. Beshta uchrashuvning barchasida g‘alabaga erishgan Nodirbek Abdusattorov dona surayotgan “PBG Alaskan Knights” jamoasi 15 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib bormoqda. Javohir Sindorov jamoasi bo‘lgan “Triveni Continental Kings” 9 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. 

Kecha o‘tkazilgan o‘yinlarda jamoa sardori Anish Giri “Alpine SG Pipers” sardori Magnus Karlsenga imkoniyatni boy bergan vaziyatda Nodirbek Abdusattorov Pragnanandxa Rameshbabuni taslim qildi va jamoasining g‘alaba qozonishiga munosib hissa qo‘shdi

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga jo’nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 7-oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga jo‘nab ketdi. O‘zbekiston rahbari MDH ishtirokchi davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.