$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 18-oktyabrning eng muhim voqealari dayjesti

18.10.

Loyihaga zid qurilayotgan yangi yotoqxonada jarayon toʻxtatildi 

Toshkentdagi agrar universitet hududida qurilayotgan yangi yotoqxona binosida loyihaga zid qurilish ishlari bajarilgani tufayli jarayon to‘xtatildi. Qibray tumanidagi OTMda yangi 400 o‘rinli talabalar turar joy binosini qurish davomida binoning ichki pardozlash ishlarida sanuzel xonalarning devor va pol yuzalarida kafel qoplamasini qoplash, karidor va xonalarning devor yuzalarida bo‘yyoq ishlariga tayyorgarlik, hamda binoning tashqi muxandis tarmoqlarini tortish va obodonlashtirish ishlari olib borilayotgandi. Ma’lum bo‘lishicha, kamchiliklar ortidan buyurtmachi, loyiha va pudratchi tashkilotlarga jami 14 ta ko‘rsatma berilishi va jarimaga qaramay, qurilish ishlari davom etgan.

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana bir guruh bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

17-oktyabr kuni Ichki ishlar vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari Toshkent shahar xalqaro aeroportida yana 4 nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosini kutib olishdi, deya xabar qilmoqda agentlik. Ular Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Moskva shahri bosh boshqarmasining Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi xodimlari tomonidan “MDH ishtirokchi davlatlarining voyaga yetmaganlarni doimiy yashash joyiga qaytarish masalalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim” doirasida vataniga qaytarilgan.

4 yilda xorijiy tillarni bilish sertifikatiga ega ustozlar soni 1 700 nafardan 28 mingga oshdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga ko‘ra ayni paytda 6 mingga yaqin o‘qituvchilar 10 million so‘m maosh olishmoqda. U bu haqda Toshkentda parlament saylovi oldidan xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligida aytib oʻtdi. Hilola Umarova shuningdek, o‘qituvchilarning til bilish darajasi ortib borayotganini alohida e’tirof etdi. Vazirga ko‘ra, 4 yilda xorijiy tillarni bilish sertifikatiga ega ustozlar soni 1 700 nafardan 28 mingdan ortiqqa oshgan.

Ijtimoiy himoya agentligi direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan, Usmon Sharifxodjayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi. U bugungi kunga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan