$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Yil boshidan beri “Xalq nazorati” portali orqali poytaxt aholisi 45 679 ta murojaat yo‘llagan

murojaat

30-avgust holatiga ko‘ra “Xalq nazorati” portali orqali yil boshidan buyon qilingan murojaatlar soni 45 679 tani tashkil qildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Eng ko‘p murojaat qaysi sohada?

Jumladan, joriy haftada portal orqali 2005 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu haftada obodonlashtirish ishlari yuzasidan qilingan murojaatlar soni ortib, jamoat transporti yuzasidan qilingan murojaatlar soni kamaygan. Obodonlashtirishda tashqari, murojaatlarning asosiy mavzusi ekologik, uy-joy kommunal xo‘jaligi, yo‘llar/piyoda yo‘laklari va elektr tarmoqlari yuzasidan muammolar bilan bog‘liq.

Hududlar kesimida

Eng ko‘p murojaatlar Yunusobod tumani, eng kam murojaatlar esa Bektemir tumani aholisidan kelib tushgan. Ijro uchun qabul qilingan 41 512 ta murojaatdan 36 699 tasi hal qilingan. 4136 ta murojaat muddati o‘tganligi bois rad etilgan. Ayni damda ko‘rib chiqilayotgan murojaatlar soni — 1153 ta.

Теги :
Jamiyat