$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Oziq-ovqat uchun ishlatiluvchi plastik idishlar astmaga sabab bo‘lishi mumkin

plastik

Ishlab chiqaruvchilar konteynerlarning xavfsizligini ta’kidlashiga qaramay, ekspertlar bu borada ma’lumotlar yetarli emasligi va issiqlik ta’sirida plastik tarkibi o‘zgarishi mumkinligini aytmoqda.

Plastik tarkibidagi zararli elementlar

Bugungi kunda har bir xonadonda ko‘plab plastik idishlar mavjud. Ammo plastik tarkibida minglab kimyoviy birikmalar bo‘lib, ularning aksariyati haqida ko‘p narsa bilmaymiz.

Masalan, plastikka egiluvchanlik berish uchun ishlatiladigan ftalatlar oziq ovqat mahsulotlari qadoqlari hamda plastik plyonkada aniqlangan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, ular reproduktiv disfunksiyani keltirib chiqargan, ayrim tadqiqotchilarga ko‘ra esa, odamlarda fertillikninng pasayishi, asab tizimi rivojlanishida muammolar va astmaga sabab bo‘lishi mumkin.

Xavfli moddalar bolalarda semizlikni keltirib chiqarishi mumkin

Oziq ovqat plastmassalariga qo‘shiladigan yana bir modda – BPA esa yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va go‘daklar miyasi uchun zarari tufayli dunyo bo‘ylab qat’iy cheklovlar obyektiga aylangan. Ammo “BPA’siz” belgisi bilan muqobil sifatida BPS va BPF qo‘shib tayyorlangan plastik tovarlar ham o‘ylanganidek bezarar emas. Bu moddalar hujayralar faoliyatining buzilishi va bolalarda semizlikni keltirib chiqarishi mumkin.

Plastik idishda ovqat isitilganda zararli moddalar ovqat tarkibiga o‘tadi

Hatto mikroto‘lqinli pech va idish yuvish mashinasi uchun “xavfsiz” markirovkasi bo‘lgan konteynerlar borasida ham olimlar yaxshi fikrda emas, chunki issiqlik va plastik bir-biriga “do‘st” emas. Issiqlik plastikdagi kimyoviy birikmalarni parchalashi bois, yuqori harorat ta’siri ularning konteynerdan ovqatga ko‘chish tezligini oshiradi. Bu quyosh tig‘ida qolgan suv solingan plastik butilkalarga ham tegishli.

Sog‘lom bo‘lish uchun nima yeyayotganingizdan tashqari, nimadan yeyayotganingizga ham e’tiborli bo‘lish lozim.