Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +9°

Qurolli hujumga tayyorgarlik ko'rilgan(mi?)

Toshkentda qo'lga olingan shaxslarning uyidan jangovar qurollar topilgan.

2 daqiqa o‘qiladi

Qurolli hujumga tayyorgarlik ko'rilgan(mi?)

Toshkentda qo'lga olingan shaxslarning uyidan jangovar qurollar topilgan.

DXX xodimlari tomonidan qo'lga olinganlar

DXX Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari va ichki ishlar bo'limi xodimlari hamkorligida o'tkazilgan jinoyatchilikka qarshi tezkor tadbirida Buxoro shahrida tug'ilgan birnechta shaxslar qo'lga olindi.

Ularning birnechtasining xonadonidan ko'plab jangovar qurollar topilgan.

Pistoletlar va patronlar

Jumladan, 1973-yilda tug'ilgan shaxsning uyi tekshiruvdan o'tkazilganida, uyning tom qismiga yashirib qo‘yilgan 3 dona Makarov pistoleti va 21 dona patroni, 1 dona TT pistoleti va 5 dona patroni hamda 1 dona tovushni pasaytiruvchi qurilma (glushitel) borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Bu qurol va o'q-dorilarni sheriklar Rossiyadan kontrabanda yo'li bilan olib kelishganligi aniqlangan.

Sudga oid ballistik ekspertiza xulosasiga ko'ra, qurol va o'q-dorilar jangovar holatda va foydalanish uchun yaroqli bo'lgan.

Ikkinchi uydan topilgan qirqma miltiq

Ulardan yana birining xonadonidan qirqma holatiga keltirilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 2 dona ov miltig‘i hamda 6 dona o‘q-dori tegishli tartibda olindi.

Ov miltig'ini qirqma holatga keltirish ta'qiqlangan bo'lib, bu holatdagi qurol ov uchun emas, balki jangovar holat uchun tayyorlangan bo'lishi mumkin.

 Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hozirda Jinoyat Kodeksining 246 va 248-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Lekin bu tartibda qurollarni tayyor holatda saqlash va ularni yashirish halicha qilinmagan qanday jinoyatlardan darak berishi mumkin?!