$
 12694.87
-25.13
 13766.32
-61.59
 139.48
-0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Pilla yetishtiruvchilar daromad va ijtimoiy soliqlardan ozod qilindi

Pilla gazeta.uz

O‘zbekistonda pillakorlar daromad va ijtimoiy soliqlardan ozod qilindi, tutzorlar uchun yer solig‘ining 10 foizi to‘lanadi. Bu haqda 10-may kuni prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

 Narx 25 foizga oshirildi

Qayd etilishicha, pilla xarid narxi pastligi uchun pillakorlarda manfaatdorlik past. Shuning uchun ipakchilikni rivojlantirish bo‘yicha kuni kecha imzolangan prezident farmoni bilan pilla xarid narxi 25 foizga oshirildi.

Pillakorlar daromad va ijtimoiy soliqlardan ozod qilindi, tutzorlar uchun yer solig‘ining 10 foizi to‘lanadi.

105 ming gektar yer ajratiladi

Mutasaddilar va hokimlarga yangi tutzorlar tashkil qilsa bo‘ladigan 105 ming gektar yer ajratish topshirildi. Bu yerlar lotlarga bo‘linib, auksionda beriladi, auksiondagi yerning boshlang‘ich narxi 10 foiz etib belgilanadi.

Ipak olishda muqobil usullar 

Yig‘ilishda ipak olishning muqobil usullarini yo‘lga qo‘yish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Qayd etilishicha, Xitoyda kanakunjut qurtini parvarishlab, ipak olish keng yo‘lga qo‘yilgan. Bu yangi yo‘nalishni O‘zbekistonning iqlim sharoitidan kelib chiqib tatbiq qilish maqsadga muvofiqligi aytildi.

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga kanakunjut o‘simligi va qurti urug‘larini olib kelib, Ipakchilik institutida sinov ishlarini boshlash topshirildi.

Umuman, hokimlar va soha mutasaddilariga pilla mavsumini sifatli tashkil etib, hosil yo‘qotishsiz yig‘ib olinishini ta’minlash bo‘yicha qator topshiriqlar berildi.

Теги :
Жамият