$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston Superligasida mavsumning eng yaxshisi bo‘lish uchun yakuniy nomzodlar ma’lum bo‘ldi

Pfl

Superliganing 2024-yilgi mavsumida eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi legioner hamda yil murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar uchligi aniqlandi.

Eng yaxshi futbolchi

Superliganing 2024-yilgi mavsumida eng yaxshi futbolchi bo‘lish uchun nomzodlar uchligi aniqlandi. Unga ko‘ra, “Dinamo” vingeri Anvarjon Hojimirzayev, “Nasaf” darvozaboni Abduvohid Ne’matov va yarimhimoyachisi Akmal Mozgovoy Superliga-2024ning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlik qilmoqda.

Abduvohid Ne’matov

“Nasaf” darvozaboni Abduvohid Ne’matov 2024-yilgi mavsumni yuqori saviyada o‘tkazdi va O‘zbekiston chempionatining 25 o‘yinida atigi 16 ta gol o‘tkazib yubordi. Shu bilan birga, 14 uchrashuvni quruq o‘tkaza oldi. 

 Akmal Mozgovoy

Mozgovoy “Nasaf”ning mavsum davomidagi asosiy yetakchilaridan biri bo‘ldi va aynan u Toshkentning “Lokomotiv”i darvozasini chalqancha uslubda ishg‘ol qilib, ”oltin” golga mualliflik qildi. 24 yoshli futbolchi 2018-yildan beri Qarshi klubida o‘ynaydi. U jamoa bilan 3 marta O‘zbekiston Kubogini, ikki bor O‘zbekiston Superkubogini hamda bir bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan.

Anvarjon Hojimirzayev

Superliga 2024 yilgi mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazgan Anvarjon Hojimirzayev tabiiy ravishda asosiy uchlikdan ham o‘rin oldi. “Dinamo” rahbariyati va murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra, yakunlangan mavsumda jamoa sharafini munosib himoya qilib, jamoaning Superligadagi eng yaxshi to‘purariga aylangan Anvarjon Hojimirzayev 2025-yilni ham Samarqand jamoasi safida o‘tkazishini ma’lum qilgan. Hojimirzayev Superligada 10 ta gol bilan eng yaxshi to‘purarlar qatoridan joy oldi. U shuningdek, PFL tomonidan Superliganing 2024-yildagi eng yaxshi o‘yinchisi, O‘FA tomonidan O‘zbekistonning 2024-yildagi eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar qatoriga kiritilgandi.

Eng yaxshi legioner

Yakuniga yetgan mavsumda Superliganing eng yaxshi legioneri bo‘lish uchun nomzodlar yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, “Dinamo” hujumchisi Joel Kojo, “So‘g‘diyona”ning chernogoriyalik vingeri Vladimir Yovovich va hujumchisi makedoniyalik Lyupcho Doriyev mavsumning eng yaxshi legioneri bo‘lishga da’vogar bo‘lib turibdi. 

 Joel Kojo

Kojo o‘tgan mavsum Pro ligada Anvarjon Hojimirzayev bilan eng yaxshi to‘purarlar bo‘lgandi, bu yil esa Superligada bir jamoaning ikki a’zosi to‘purarlar safidan joy olishdi. Kojo mavsumda jami 11 ta gol urdi. sli ganalik bo‘lgan futbolchining Markaziy Osiyodagi sarguzashtlari 2017-yil yozidan buyon davom etmoqda. Futbolchi ayni hudud futboli uchun yaxshigina sermahsullik namoyish etib kelmoqda. U avvaliga Qirg‘izistonning "Alay" klubi safida 2018-2020 yilgi mavsumlarda to‘p tepib, 70 o‘yinda 44 ta gol va 8 ta assist, 2021-22 yilgi mavsumlarda esa mamlakatning mashhur jamoalaridan biri "Dordoy" safida 39 o‘yinda 15 gol va 4 assist qayd etgan. Shundan so‘ng u Samarqandning "Dinamo"si e’tiboriga tushadi. Qolganini o‘zingiz yaxshi bilasiz.

Vladimir Yovovich

O‘zbekiston chempionatiga keladigan bolqonlik futbolchilarning aksari o‘z milliy jamoasida o‘ynamaydi. Ammo “So‘g‘diyona” futbolchisi Vladimir Yovovich Chernogoriyaning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. U hozirgacha Chernogoriya milliy jamoasida 58 ta o‘yinda maydonga tushgan. Shunga mos ravishda u mamlakat chempionatida ham o‘zini munosib ko‘rsata oldi. Yovovich 24 uchrashuvda 8 ta gol va 8 ta assist qayd etdi. 

Picture background

Lyupcho Doriyev

Doriyev Superligada 25 uchrashuvda ”12+7” natija qayd etdi. 27 yoshli forvard o‘tgan mavsumni o‘z vatanida — “Shkendiya 79” jamoasida o‘tkazib, 25 o‘yinda 10ta gol urgan. Shuningdek, Doriyev o‘tgan mavsum milliy jamoada 7 ta, Yevropa Ligasi saralashida 6 ta bahsda maydonga tushgan.


 Yil murabbiyi 

O‘zbekiston chempionatining 2024 yilgi mavsumida eng yaxshi murabbiy bo‘lish uchun nomzodlarning yakuniy uchligi e’lon qilindi: 

  • Mirjalol Qosimov (OKMK)
  • Aleksandr Xomyakov (“Andijon”)
  • Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”)

Berdiyev Qarshi klubiga o‘z tarixidagi ilk chempionlikni, Xomyakov esa “Andijon”ga ilk kubokni keltirdi. Qosimov boshqaruvidagi Olmaliq jamoasi esa o‘z tarixida ilk bor vitse-chempion bo‘ldi.

Теги :
Jamiyat