$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston bo‘yicha eng ko‘p pensiya oluvchilar qaysi viloyatda?

pensiya

Pensiya jamg‘armasi 2024-yil noyabr oyi uchun amalga oshirilgan pensiya to‘lovlari hisobotini berdi.

Manbaga ko‘ra, joriy oyda jamg‘armadan pensiya oluvchi 4 million 76 ming kishiga jami 5 trillion 963 million so‘m to‘langan. Shundan 4,7 trillion so‘mlik to‘lovlar naqdsiz shaklda (plastik kartaga), 1,26 trillion so‘mi naqd amalga oshirilgan.

Eng kam pensiya oluvchilar qaysi hududda?

Quyida hududlar kesimida pensiya oluvchilar soni va ularga noyabrda to‘langan mablag‘lar miqdori keltirilgan:

  • Qoraqalpog‘istonda 218,7 ming kishi — 314,5 milliard so‘m;
  • Andijon viloyatida 382 ming kishi — 479,9 milliard so‘m;
  • Buxoro viloyatida 258,2 ming kishi — 383,7 milliard so‘m;
  • Jizzax viloyatida 137,8 ming kishi — 191,1 milliard so‘m;
  • Qashqadaryo viloyatida 364,6 ming kishi — 522,7 milliard so‘m;
  • Navoiy viloyatida 137 ming kishi — 257,1 milliard so‘m;
  • Namangan viloyatida 319,5 ming kishi — 398,1 milliard so‘m;
  • Samarqand viloyatida 433,9 ming kishi — 620,2 milliard so‘m;
  • Sirdaryo viloyatida 104,2 ming kishi — 154 milliard so‘m;
  • Surxondaryo viloyatida 273,5 ming kishi — 365,5 milliard so‘m;
  • Toshkent viloyatida 370,1 ming kishi — 596,6 milliard so‘m;
  • Farg‘ona viloyatida 481,7 ming kishi — 627,9 milliard so‘m;
  • Xorazm viloyatida 224,8 ming kishi — 308,9 milliard so‘m;
  • Toshkent shahri 370,6 ming kishi — 742,5 milliard so‘m pensiya olgan.

Eʼlon qilingan jadvalda respublikada eng ko‘p pensiya oluvchilar Farg‘ona viloyatida ekani, eng kam pensionerlar esa Sirdaryo viloyatidaligi ko‘rsatilgan.

Теги :
Jamiyat