$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Pensiyani plastik karta orqali oluvchilarda qanday imtiyozlar bor?

Naqd va karta Foto: Kun

2025-yildan ish haqi, pensiya va nafaqalar sezilarli darajada oshiriladi. Ya’ni yanvar oyidan boshlab, ish haqi, pensiya va nafaqalar o‘z vaqtida to‘lanib, inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda oshiriladi. Shu bilan bir qatorda, qonunchilikda pensiyani plastik karta orqali oluvchilar uchun imtiyoz mavjud bo‘lib, qo‘shimcha to‘lov joriy qilingan. 

Bu qanday imtiyoz?

Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 7-apreldagi “Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy toʻlovlarni toʻlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-198-sonli qaroriga koʻra:

  • barcha turdagi davlat pensiyalarini, byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan toʻlanadigan kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan toʻlanadigan nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlarni hamda kam taʼminlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi vamoddiy yordam pulini bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov joriy qilinadi. Bunda, fuqarolarning roziligi bilan pensiya va nafaqa pullarini bank kartalariga oʻtkazish asosida hujjatlarni qogʻoz shaklida yuritishdan voz kechiladi;
  • “Xalq banki” zimmasiga sayyor kassalar orqalimahalla fuqarolar yigʻinlariga borgan holda pensiya va nafaqa oluvchilarning kartalaridagi mablagʻlarini ularning xohishlariga koʻra naqd pulga almashtirib berish vazifasi yuklatiladi;
  • “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan pensiya va nafaqalar hamda moddiy yordam pullarini fuqarolarganaqd pulda yetkazib berish xizmatlari uchun bankka 1 foiz miqdorda xizmat haqi Pensiya jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti hisobidan toʻlab beriladi.
Теги :
Jamiyat