$
 12931.94
-8.17
 14107.45
51.9
 150.18
4.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Avtobusda maktab o‘quvchisiga tegajog‘lik qilgan erkak qo‘lga olindi

pedofil

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum erkakning voyaga yetmagan shaxsga nisbatan axloqsiz harakatlar qilayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahri IIBB tomonidan tekshiruv o’tkazildi.

Chilonzorda avtobus ichida voyaga yetmaganga tegajog‘lik qilindi

Aniqlanishicha, joriy yilning 4-fevral kuni taxminan soat 21:00 da Chilonzor tumanida harakatlanib ketayotgan avtobus ichida yo‘lovchi X.G‘. (1988-yilda tug‘ilgan) voyaga yetmagan U.I. (2012-yilda tug‘ilgan) ga nisbatan axloqsiz harakatlar sodir etgan. 

Tergov davom etmoqda

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi (“O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan axloqsiz harakatlar qilish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda qo‘lga olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Gumonlanuvchini nima kutmoqda?

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasiga ko‘ra, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ushbu moddaga binoan, jinoyatning og‘irligiga qarab, 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Agar jinoyat og‘irroq shaklda sodir etilgan bo‘lsa, shaxs 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Теги :
Jamiyat