$
 12640.21
-49.76
 13559.15
1.19
 137.02
-0.18
weather
+26
Кечаси   +14°

Ramazon oyi uchun Payme’dan maxsus vidjet

payme

Payme’dan Ramazon oyi uchun xushxabar — endi sizda maxsus vidjet yordamida saharlik va iftorlik vaqtini kuzatish imkoni bor. 

Biz hayotiy yechimlarda foydali bo‘lishni istaymiz va shuning uchun ushbu vidjet sizning manzilingizga qarab quyosh botishi va chiqishi vaqtini har bir daqiqagacha hisoblaydi. Demak, siz har doim ro‘zaning boshlanish va tugash vaqtidan xabardor bo‘lib turasiz.

Ushbu vidjetdan foydalanish uchun Payme ilovasini eng so‘nggi versiyasiga yangilab oling. Ushbu vidjet faqat ilovaning so‘nggi versiyasida mavjud. Shuningdek, geolokatsiyani yoqishni unutmang, bu vidjetga saharlik va iftorlik vaqtlari haqida aniq ma’lumotlarni taqdim etishga yordam beradi.

Biz yoningizda bo‘lib, sizga yordam berishdan xursandmiz!