Dushanba, 26-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +7° kechasi +6°

O’zbekiston pasportining darajasi pastladi

Henley & Partners xalqaro baholash tizimi dunyo mamlakatlari pasportining an’anaviy yillik reytingi natijalarini e’lon qildi.

2 daqiqa o‘qiladi

O’zbekiston pasportining darajasi pastladi

Henley & Partners xalqaro baholash tizimi dunyo mamlakatlari pasportining an’anaviy yillik reytingi natijalarini e’lon qildi.

Viza bo’yicha xalqaro baholash reyting tizimi

Ushbu reyting Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi bergan ma’lumotlar asosida tuzilgan. Unda davlatlarning fuqarolik pasporti o‘z egasiga nechta mamlakatga avvaldan viza olmasdan (umuman viza olmasdan yoki yetib borganidan keyin viza olgan holda) kirib borish imkonini berishi inobatga olingan. (Viza bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlar hisobga olinmaydi).

Kompaniya tomonidan tuzilgan dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida bu yil O‘zbekiston 79-o‘rinni egalladi. Mamlakat fuqarolari 59 ta davlatga vizasiz yoki borgandan keyin viza olish orqali sayohat qilishi mumkin. O‘zbekistondan tashqari Kuba, Mongoliya va Mozambik kabi mamlakatlar 79-o‘rinda qayd etilgan. Shu yilning boshidagi ma’lumotlarga ko‘ra esa 80-o‘rinda bo‘lgan.

Ushbu kompaniyaning reytingida yillar kesimida O’zbekiston quyidagi o’rinlarni egallagan: 

2020-yilning yanvar oyidagi reytingda esa 85-o‘rinni, iyul oyida e’lon qilingan reytingda 86-o‘rinni egallagandi.

2021-yilga kelib, ro‘yxatda 86-o‘rinni egallashga muvaffaq bo’ldi. Mamlakat fuqarolari viza rasmiylashtirmasdan 57 ta mamlakatga chiqishi mumkin. 

2022-yilgi indeksda O‘zbekiston pasporti Hindiston va Mali pasportlari bilan birga 86-o‘rinni qayd etgan. Ushbu uchta mamlakat fuqarolari 52ta davlatga avvaldan viza olmay kirib boraverishi mumkin.

2023-yilda esa besh pog‘onaga yuqorilab, 78-o‘rinni egalladi.. Afg‘oniston pasporti esa eng kuchsiz deb topildi.

Singapur yetakchi o’rinda

Shuningdek, reytingda birinchi o‘rinni Singapur pasporti egallagan bo‘lib, ushbu mamlakat fuqarolari 195 ta mamlakatga vizasiz kirish imkoniyatiga ega. Reytingda ikkinchi o‘rinni esa Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya va Ispaniya (194 ta davlatga vizasiz kirish) band qilgan. Avstriya, Finlyandiya, Islandiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Janubiy Koreya va Shvetsiya esa 193 ta davlatga vizasiz kirish imkoniyati bilan reytingning uchinchi o‘rnini egallagan.

Shu bilan birga, Ukraina 32-o‘rin (149 ta davlat), Rossiya 50-o‘rin (120 davlat), Turkiya 51-o‘rinni (118 davlat) qayd etgan.

Markaziy Osiyo ko’rsatkichi

Qozog‘iston 67-o‘rin (79 ta davlat);

Qirg‘iziston 78-o‘rin (65 ta davlat);

O‘zbekiston 79-o‘rin (64 ta davlat);

Tojikiston 82-o‘rin (60 ta davlat);

Turkmaniston 90-o‘rin (52 ta davlat);

Afg‘onistin so‘nggi 107-o‘rin (28 ta davlat).

Ma’lumot o’rnida shuni aytish kerakki, joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxanov o‘z Telegram kanalida, O‘zbekiston fuqarolari vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini eʼlon qilgan edi. Xususan, unda o‘zbekistonliklar 30 mamlakatga vizasiz, 29 ta davlatga kirib kelganidan keyin, 15 ta mamlakatga esa elektron viza orqali kirishlari mumkinligi ta’kidlab o’tilgan.