Dushanba, 26-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +7° kechasi +6°

Xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalarini tashkil etish taqiqlandi

“Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi qonunga Oʻzbekistonda xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalari va boʻlinmalarini tuzish hamda ularning faoliyatini taqiqlovchi qoʻshimcha kiritildi.

2 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalarini tashkil etish taqiqlandi

Oʻzbekistonda xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalari va boʻlinmalarini tashkil etish hamda ularning faoliyati taqiqlandi. "Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida"gi qonunga  bu borada qoʻshimcha kiritildi.

2- iyul kuni kiritilgan oʻzgartirish

Oʻzgartirish 2-iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi. U 11-iyun kuni Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 22-iyun kuni Senat tomonidan maʼqullangan. Oʻzgartirish boʻyicha muhokamalar borasida avval xabar berilmagan.

"Qonun muqaddimasida mamlakatda partiyalar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etilgan. Shu bilan birga, xorijiy davlatlar siyosiy partiyalarining Oʻzbekiston hududidagi faoliyatini tartibga solish talab etiladi", - deyiladi hujjatda.

Siyosiy partiyalar byudjetdan koʻproq pul oladi

Siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablagʻlarining yillik hajmi shu mablagʻlarni ajratish moʻljallanayotgan yildan oldingi yilning 1-sentyabridagi holatga koʻra belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki yarim foizini Qonunchilik palatasiga oʻtkazilgan oxirgi saylovda saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolar soniga koʻpaytmasi miqdorida shakllantiriladi. (Amalda bu 2% edi).

Pul taqsimoti

Byudjetdan ajratilgan pulni Adliya vazirligi quyidagi tartibda taqsimlaydi:

- 40%i siyosiy partiyalar oʻrtasida teng miqdorda;

- 60%i siyosiy partiyalar oʻrtasida Qonunchilik palatasida olgan deputatlik oʻrinlariga mutanosib ravishda.

Qanday holatda vakolatlar muddatidan oldin tugatiladi?

Deputatning, senatorning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi (qoʻshimcha qoidalar):

- haq toʻlanadigan faoliyat bilan shugʻullanishga yoʻl qoʻyilmasligi haqida ogohlantirish olgandan soʻng bu ishda yana davom etsa;

- bir kalendar yili ichida tegishli palata, fraksiya, qoʻmita va komissiya faoliyatida 30 yoki undan ortiq muddatda uzrli sabablarsiz qatnashmasa;

- chet elda doimiy yashash guvohnomasini olgan taqdirda;

- partiya roʻyxati asosida saylangan deputat partiya a'zoligidan chiqarilgan taqdirda.

5 ta siyosiy partiya

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda beshta siyosiy partiya roʻyxatga olingan boʻlib, bular Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Liberal-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi va Ekologik partiyalaridir.