$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

Poytaxtda bosqichma-bosqich jami 84 mingta pulli avtoturargoh tashkil etiladi

parkovka

Avvalroq xabar berganimizdek, Toshkent shahar hokimi transport vositalarining pulli to‘xtab turish joylarini takomillashtirish bo‘yicha qarori e’lon qilingan. Hozirda poytaxtda 14 mingga yaqin pulli avtoturargoh o‘rni qurilishi rejalashtirilmoqda. Kelgusida esa jami 84 mingta parking maydoni tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Poytaxtga pulli avtoturargohlar nima uchun kerak?

Shahar hokimining yangi qarori quyidagi maqsadlarni nazarda tutmoqda:

- Transport infratuzilmasini yaxshilash;

- Tirbandliklarni kamaytirish;

- Jamoat transporti va mikromobillikning jozibadorligini oshirish;

- Haydovchilar va piyodalar uchun qulaylik yaratish.

Pulli to‘xtash joylari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Birinchi bosqichda 14 mingga yaqin avtoturargoh o‘rni, keyingi bosqichda jami 70 mingta avtoturargoh o‘rni tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Pulli to‘xtash joylarining qanday afzalliklari mavjud?

Pulli avtoturargohlar transport oqimini yaxshilab, avtoturargohlardan foydalanishni tartibga solishga yordam beradi. Ayniqsa, bu shahar markazlarida yo‘l harakati tirbandligini sezilarli darajada kamaytiradi. Tirbandlik va yoqilg‘i sarfining kamayishi atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar miqdorini pasaytiradi, natijada ekologik muhit yaxshilanadi. Bundan tashqari, pulli avtoturargohlarda ko‘pincha videokuzatuv va xavfsizlik choralarining mavjudligi o‘g‘irlik va avtomobillarga zarar yetkazish holatlarini kamaytiradi.

Shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lumot berishicha, ushbu “parkovka”lar to‘liq avtomatlashtirilgan va videokuzatuv qurilmalariga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, tadbirkorlar uchun imtiyozli foydalanish imkoniyati mavjud.

Pulli to‘xtash joylari 10 yil muddatga “e-auksion” platformasi orqali ijaraga qo‘yiladi. “Parkovka” narxlari esa zonasiga qarab 5 ming so‘mdan 12 ming so‘mgacha etib belgilangan

“Parkovka” uchun ajratiladigan hududlar ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.