$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

Tartibsizlikka qarshi bir qadam: Pulli “parkovka”larning narxlari tasdiqlandi

Parkovka

Toshkent shahar hokimi transport vositalarining pulli to‘xtab turish joylarini takomillashtirish bo‘yicha qarori e’lon qilindi. 

Parking hududlari tariflarga bo‘lingan

Qarorga ko‘ra, hokimlik va “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining transport vositalarining pulli to‘xtab turish joylari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ularni bosqichma-bosqich tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi. Parking hududlari 5 ta tarif zonasiga bo‘linadi. 1-tarif zonasida bir soatlik to‘xtab turish 12 ming so‘mni tashkil qiladi. Bu miqdor 2-tarif zonasida 10 ming so‘m, 3-zonada 8 ming, 4-zonada 6 ming va 5-tarif zonasida 5 ming so‘mni tashkil qiladi. 

Parking tashkil etish uchun murojaat qilishi mumkin

Qarorga muvofiq pulli to‘xtab turish joylarining tartibi va qoidalari ham ilova qilingan bo‘lib, parking tashkil etish uchun investorlar va boshqa shaxslar xam murojaat qilishi mumkin. Murojaatlar 20 kun ichida o‘rganib chiqiladi, parking chegaralari, foydalanishga topshirish muddatlarini bo‘yicha qarorni Toshkent shahar hokimi qaror qabul qiladi. Parkingda transport vositalarining yo‘qolishi yoki shikastlanishi avtomobillar egalari zimmasida qoladi. Ayrim guruh nogironlari, II jahon urushi qatnashchilariga bepul xizmat ko‘rsatiladi.

Kechikkan qaror

2022-yilning fevral oyida 1-noyabrgacha Toshkentning Amir Temur, Nukus, Mirobod, Shevchenko va boshqa ko‘chalarida (jami — 11 ta) avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pullik avtomobil to‘xtash joylari tashkil etilishi aytilgan edi. Biroq loyihani ishga tushirishga asos bo‘luvchi hokim qarori hali qabul qilinmay kelayotgani sabab loyiha ijrosi ortga surilayotgandi. 

Prezident qarori

Xuddi shu yili qabul qilingan “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarorida Toshkent shahridagi tirbandliklarni, markaziy ko‘chalarda transport oqimini kamaytirish, jamoat transportining o‘rtacha harakatlanish tezligini oshirish, avtomobillarning yo‘l bo‘yida betartib to‘xtashini tartibga solish, aholining jamoat transportidan foydalanishini rag‘batlantirish maqsadida shaharda yagona avtomobil yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylari tizimi tashkil etilishi haqida yozilgan edi.

“Parkovka”larni pulli qilishdan nima naf?

“Parkovka”larni pulli qilishning bir necha asosiy foydali jihatlari bor. Pulli “parkovka”dan tushgan daromad shahar byudjetini to‘ldirishga yordam beradi. Bu mablag‘lar yo‘llar, jamoat transporti yoki boshqa shahar infratuzilmasiga sarflanishi mumkin. Pulli “parkovka” avtomobillarni faqat zarur bo‘lganda qoldirishni rag‘batlantiradi, bu esa odamlarning ko‘p avtomashinalarni shahar markazida qoldirishining oldini oladi. Bu orqali tiqilishni kamaytirish va jamoat transportidan foydalanishni rag‘batlantirish mumkin. Shuningdek, Pulli “parkovka” tizimlari avtomobillarning to‘g‘ri joylashishini nazorat qilishni yaxshilaydi va avtomobillarning noqonuniy yoki uzoq muddatli to‘xtash holatlarini kamaytiradi. Bundan tashqari, Pulli “parkovka” shaharlar markazlarida avtomobillar sonini kamaytirishga yordam berib, atrof-muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Kamroq transport vositalari – kamroq SO2 chiqarilishi deganidir. Bu jihatlar pulli “parkovka”larning keng joriy qilinishi orqali shaharlarning jamoat transportidan foydalanishni rag‘batlantirish, infratuzilmasini rivojlantirish va atrof-muhitni himoya qilish kabi vazifalarini amalga oshiradi.

Теги :
Жамият
Иқтисодиёт