$
 12968.34
-6.64
 13492.26
-48.43
 132.32
-0.74
weather
+26
Кечаси   +14°

Quyosh paneliga majburlashning yangi kampaniyasi boshlanyaptimi?

Quyosh panellari

2025-yilgi davlat dasturi loyihasi avvalgi yillardagilarga nisbatan kam sonli tashabbuslar bilan shakllantirilgan. Shunga qaramay, loyihada “yashil” iqtisodiyotga qaratilgan dasturlar talaygina. Davlat dasturini o‘rganib chiqqan Otabek Bakirovning so‘zlariga ko‘ra, loyihaning 3-bandi qo‘rqitadi.

Tomlarining kamida 50 foizida quyosh panellari o‘rnatish

Ma’lum bo‘lishicha, loyihaning 3-bandida 2025-yilda 27 mingdan ziyod ijtimoiy va xususiy obyektlarga hamda 35 mingta xonadonlarda kichik quyosh panellari o‘rnatish dasturini kiritish topshirilishi belgilangan. Shuningdek, kuni kecha bloger Qobil Xidirov aholi va xo‘jalik subyektlari binolari tomlarining kamida 50 foizida quyosh panellari o‘rnatish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Tarmoqdan uzilishlar

2023-yil bahordan boshlangan panelga majburlash kampaniyasi o‘tgan yili ham avjiga chiqqandi. Lekin mas’ullar tomonidan hech kim quyosh panellariga majburlanayotgani yo‘qligini ta’kidlagan edi. Shunga qaramay uzlab, minglab tadbirkorlar quyosh paneli o‘rnatmagani vaji bilan tarmoqdan uzilgandi.

“O‘tgan yili panelga majburlash yashirin qaror orqali amalga oshirilgandi. Agarda o‘n minglab tadbirkorlar va aholiga panel o‘rnatish raqamlarini dasturga kiritib olishsa, urdi xudo degani”, – deb yozadi Bakirov.

Endi nafaqat tadbirkorlar majburlanadi…

Iqtisodchiga ko‘ra, butun yil davomida o‘qituvchidan tortib do‘kondorgacha, do‘xtirdan tortib fermergacha bo‘lganlarni qon qaqshatishadi.

Shuning uchun loyihaning “yashil iqtisodiyot” mazmuni va mohiyatini obro‘sizlantiruvchi mazkur bandi butunlay chiqarib tashlanishi kerak.

Quyosh panelini o‘rnatish tadbirkorlarda ham, aholida ham mutlaqo erkin tanlov bo‘lishi lozim. Davlatning vazifasi quyosh paneli importi, ishlab chiqarish, sotuvi, o‘rnatish va xizmat ko‘rsatishgacha barcha jarayonlarda teng imkoniyatlar va sog‘lom raqobat ustunligini ta’minlashdan iborat bo‘lishi kerak.

“Tanlov, teng imkoniyatlar va raqobat so‘zlari energetiklar uchun g‘irt begona qadriyatlar. Bu chaqiriqlar sog‘lom aql egalari uchun”, – deydi u.

Quyosh panellari importi cheklandimi?

Ma’lumotlarda keltirilishicha, 2024-yil 11-sentyabrdagi 139-sonli Prezident Farmoni (ochiq e’lon qilinmagan) bilan 2025-yil 1-yanvardan boshlab BNEF Tier-1 ro‘yxatiga kirmagan kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan quyosh panellari, invertorlar va elektr energiyasini saqlash tizimlarini import qilish taqiqlandi.

““Yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilingan 2025-yilning birinchi kunidanoq quyosh panellari importiga taqiqlar kuchga kirdi. Na Energetika vazirligi, na Bojxona qo‘mitasi haligacha ochiq  e’lon qilinmagan farmon bo‘yicha biron bir izoh berishgani yo‘q.

Umid qilgandimki, katta ehtimol bilan shonli energetiklar va ularga chatishib ketgan oligarxik guruhlarning buzg‘unchi lobbisi bilan tiqilgan bu taqiq boshqa sog‘lom minoralarning ta’siri ostida bekor bo‘ladi va bu davlat dasturida aks etadi. Afsuski, bu dastur loyihasidan o‘rin olmagan”, – degan iqtisodchi.

Теги :
Jamiyat