$
 12158.59
-39.69
 14238.92
-2.57
 157.88
1.31
weather
+26
Кечаси   +14°

Surxondaryoda xodimlarning o‘z vaqtida to‘lab berilmagan 2 milliard 848 million so‘mlik maoshi undirib berildi

Maosh

Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyat boshqarmasining o‘tgan yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida boshqarma va hududiy bo‘limlari yil davomida 6 trillion 208 milliard 131 million so‘mlik ijro hujjatlari ijrosini ta’minlagani qayd etildi.

2023-yilga nisbatan 220 mingga yaqin ko‘p hujjat kelib tushgan 

Viloyatda 9 trillion 105 milliard 547 million so‘mlik 658 ming 769 ta ijro hujjati yuzasidan majburiy ijro harakatlari olib borilib, davlat ijrochilari 415 ming 879 ta hujjat ijrosini ta’minlagan. O‘tgan yil boshqarma va uning quyi organlariga 2023-yilga nisbatan 220 mingga yaqin ko‘p hujjat kelib tushgan bo‘lsa-da, 2024 yil qariyb 139 ming ko‘p hujjat ijrosi ta’minlanib, amalda undiruv 27 foizga ortgan.

Undiruvlar

Yil davomida fuqarolar foydasiga 90,5 milliard so‘m, davlat foydasiga 212 ming 855 milliard so‘m undirib berilgan.

Jinoyat oqibatida davlatga yetkazilgan zararlarni undirishga oid ijro hujjatlari bo‘yicha 344 million, soliq qarzdorligini undirishga doir 729 milliard, jinoiy jarimalarni undirishga oid 4 milliard 437 million so‘m, ma’muriy jarimalarni undirishga doir 70 milliard 406 million so‘m, davlat boji undiruviga doir qariyb 50 milliard so‘m undirilishi ta’minlangan.

Bundan tashqari, yuridik shaxslar foydasiga kommunal ta’minot va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari foydasiga 49 milliard 786 million so‘m, tijorat banklari foydasiga 12 ming 904 ta hujjat asosida 1 trillion 23 milliard 700 million so‘m undirilgan. 

Xodimlar qayta ishga tiklandi

66 ishchi-xodim ishga qayta tiklangan. Asossiz ishdan bo‘shatilib, ishga tiklangan ishchi-xodimlarning 2 milliard 800 million so‘m ish haqi, 133 ishchi-xodimning o‘z vaqtida to‘lab berilmagan 2 milliard 848 million so‘mlik oylik ish undirilishi ta’minlangan.  

Masalan, Majburiy ijro byurosi Sherobod tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilingan ijro hujjatida Sherobod tumanidagi “Sherobod tekstil invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati 16 ishchining 42 million so‘mga yaqin ish haqini o‘z vaqtida to‘lab bermagani ma’lum bo‘ldi. Mazkur ijro hujjati doirasida tezkor majburiy ijro harakatlari olib borilib, korxonaning barcha hisob raqamlariga band solindi. Beshta avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Ko‘rilgan ta’sir choralariga qaramasdan korxona rahbari ishchilarning oylik ish haqlarini to‘lab bermagani uchun 3 million 400 ming so‘m ma’muriy jarimaga ham tortildi. Natijada ularning ish haqi undirib berildi.  

2 mingdan ortiq oila yarashtirildi

Yakunlangan yil davlat ijrochilari vohada 33 ming 910 ta aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro harakatlarini olib bordi. 33 ming 910 ta aliment va unga tenglashtirilgan to‘lovlar undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha majburiy ijro harakatlari olib borilib, 8 ming 249 ta hujjat ish yurutuvdan tugatildi. Yangi yilda 25 ming 661 ta ijro hujjati yuzasidan ijro harakatlari davom etmoqda. Shu davrda moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 173 milliard so‘m, shu jumladan, aliment oluvchilarga oldindan to‘lov sifatida 6 milliard 226 million so‘m undirilishi ta’minlandi. MIB xodimlari tashabbusi va jamoatchilik vakillari ishtiroki bilan ish yurituvda bo‘lgan 2 ming 996 ta ijro hujjati oila vakillarining yarashgani sababli tugatilgan.

Теги :
Jamiyat