$
 12998.91
13.9
 13439.57
154.61
 131.29
1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonda imtihon sinovlarisiz diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

otm

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan TOP—1000 talikka kirgan OTMlar ro‘yxatini tasdiqladi.

Unda xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari o‘rin olgan.

Roʻyxatdan qancha oliygoh joy oldi?

Ushbu ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi. Yangi ro‘yxatdan 3 004 ta oliygoh o‘rin olgan. 2024-yilda ushbu ro‘yxatga 1 002 ta oliygoh kiritilgandi.

Xususan, Markaziy Osiyodan bu ro‘yxatga faqat Qozog‘istonning ayrim OTMlari kiritilgan. Jumadan, Nazarboyev universiteti, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston xalqaro universiteti, L.N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti, Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston tadqiqot universiteti, Qozog‘iston Milliy agrar universiteti, Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti, Olmaota texnologik universiteti va boshqalar.

TOP—1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).

Теги :
Jamiyat