$
 12692.42
100.85
 14511.24
-34.54
 158.44
4.62
weather
+26
Кечаси   +14°

Hozirgacha OTMlarning daromadi, xarajati, koʻrgan foyda va zararlari qancha bo‘ldi?

TDIU

G‘azna telegram kanali 2024-yil 1-oktyabr holatida OTMlarning daromadi, harajati, ko‘rgan foyda va zararlari haqidagi statistikani taqdim etdi.

Eng ko‘p zarar ko‘rgan OTMlar

SamDU va Jahon tillari universiteti eng ko‘p zarar ko‘rgan OTMlardan biri bo‘lib turishibdi. Unga ko‘ra, ikkala universitetning ham zarari 27 milliard so‘mni tashkil qilmoqda. Mazkur reytingda TOP-3ni Jizzax davlat pedagogika universiteti yakunlab beradi. Mazkur oliygohning zarari yuqoridagilardan unchalik ham kam bo‘lmagan summa 26 milliardni tashkil qilgan.

Foyda va daromad

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti daromad bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi. Keltirilishicha, universitetning mazkur sana bo‘yicha daromadi 623 milliard so‘mni tashkil qilgan.

Lekin foyda chiqarish masalasida Moliya instituti undan bir pog‘ona ustunlik qildi (165 milliard so‘m). Daromad masalasida 14-o‘rinda bo‘lgan Moliya instituti foyda ko‘rishda birinchi o‘rinni egalladi.

Xarajatlar

Xarajat masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, mazkur reytingda ham Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti birinchilikni egallab turibdi. OTM 9 oyda jami hisobda 471 milliard so‘m xarajat qilgan. Undan keyingi o‘rinda esa 404 milliard so‘n xarajat bilan O‘zbekistonning eng yirik oliygohlaridan biri hisoblangan O‘zbekiston milliy universiteti turibdi. Yuqoridagi reytingga isbot tariqasida Jahon tillari universiteti 319 milliard so‘m xarajat qilib reytingda 3-o‘rinni band qilgan.

 Eslatma

Bu yerda bir narsani ta’kidlab o‘tish zarur, natijalar faqatgina 1-oktyabr holati uchun.

Qaysidir universitet 1-oktyabrgacha kontraktlar to‘lovini katta qismini hali qabul qilib olmagan yoki hali ma’lum xarajatlarni amalga oshirmagan bo‘lishi mumkin.

Теги :
Jamiyat