Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 75 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +6°

Ota-onalarning 97,8 foizi farzandining kelajagi qiziqtiradi

Ota-onalarning farzandi kelajagiga qanchalik mas’uliyat bilan yondashayotgani va ta’lim-tarbiya jarayonidagi ishtirokini o‘rganish maqsadida so‘rov o‘tkazildi.

2 daqiqa o‘qiladi

Ota-onalarning 97,8 foizi farzandining kelajagi qiziqtiradi

Ota-onalarning farzandi kelajagiga qanchalik mas’uliyat bilan yondashayotgani va ta’lim-tarbiya jarayonidagi ishtirokini o‘rganish maqsadida so‘rov o‘tkazildi.

So‘rovnomada 3602 nafar ota-ona ishtirok etgan

So‘rovda o‘rtacha yoshi 43 ga teng bo‘lgan 3602 nafar ota-ona ishtirok etdi. Ularning 75 foizini ayollar, 25 foizini erkaklar tashkil etdi.

Respondentlarning 40 foizi oliy, 37 foizi o‘rtamaxsus va 23 foizi o‘rta ma’lumotga ega. So‘rovda ishtirok etganlarning 26 foizini uy bekasi, ishsiz, nogiron va nafaqadagi kishilar tashkil etdi.

Respondentlarning 66,7 foizi qiz farzandning, 33,3 foizi esa o‘g‘il farzandning otaonasi. So‘rovda qatnashganlarning 70 foizi farzandi buva-buvisi bilan istiqomat qilmasligini bildirgan.

2,2 foiz ota ona farzandi bilan umuman kelajagi haqida gaplashishmaydi

Aytib o‘tish joizki, bugungi kunda respublikadagi har bir oilaga 0,33 nafar qariya to‘g‘ri keladi. So‘rov natijasi ota-onalarning 94,6 foizi farzandi kelajagi haqida o‘zaro suhbatlashib turishini, 13,9 foizining fikrlari bir xil emasligini ko‘rsatdi.

Ota-onalarning 97,8 foizi farzandi bilan uning bo‘lajak kasbi va qiziqishlari to‘g‘risida suhbatlashib turishini, 2,2 foizi esa bu haqida umuman suhbatlashmasligini bildirgan.

Bolalar qanday kasblarni tanlashmoqda?

Ularning 64,5 foizi qiz farzandning ota-onasi va 40 foizi oliy ma’lumotga ega. So‘rov natijalariga ko‘ra, yoshlarning 20,7 foizi shifokor, 18,2 foizi o‘qituvchi, 15,0 foizi jurnalist, 10,5 foizi iqtisodchi, 7,8 foizi IT sohasi mutaxassisi, 5,2 foizi tadbirkor, 5,3 foizi moliyachi va 1 foizi huquqshunos bo‘lish istagida.

Qizlar asosan shifokor (24,3 foiz), o‘qituvchi (22,5 foizi), jurnalist (21,1 foiz) va iqtisodchi (7 foizi) bo‘lishni rejalashtirmoqda.

O‘g‘il bolalar esa iqtisodchi (17,5 foiz), IT mutaxassisi (14,3 foiz), moliyachi (8,4 foiz), tadbirkor (8,2 foiz) va sportchi (4,4 foiz) bo‘lish istagini bilidrgan.

Ota-onalarning bor-yo‘g‘i 56,0 foizi farzandining ta’lim olishdagi yutuqlarini to‘liq qoniqarli deb baholaydi

So‘rov natijalariga ko‘ra, ota-onalarning bor-yo‘g‘i 56,0 foizi farzandining ta’lim olishdagi yutuqlarini to‘liq qoniqarli, 12,6 foizi esa qoniqarli emas, deb baholaydi.

Tadqiqot davomida o‘quvchilarning 75 foizi qo‘shimcha darslarga borishi aniqlandi.