$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbeklarning qora ro‘yxatidagi “Anora” eng nufuzli mukofotga asosiy davogar

Oscar

23-yanvar, payshanba kuni Amerika kino akademiyasi 97-“Oskar” mukofotiga nomzodlarni e’lon qildi. Ikkinchi darajali eng yaxshi erkak roli uchun nomzodlar orasida rossiyalik aktyor Yura Borisov ham bor ekanligi ma’lum qilindi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Eng yaxshi film nominatsiyasi

“Oskar”ning eng yaxshi film nominatsiyasiga quyidagi asarlar da’vogarlik qilmoqda: Shon Beykerning “Anora”, Bredi Korbetning “Brutalist”, Jak Odiarning “Emiliya Peres”, Edvard Bergerning “Konklav”, Jeyms Mengoldning “Hech kimga tanish emas”, Deni Vilnyovning “Dyuna: Ikkinchi qism”, Valter Sallesning “Men hali ham shu yerdaman”, Korali Farjning “Substansiya”, Jon Chuning “Yovuz: G‘arb jodugarining ertagi” va RaMell Rossning “Nikel bolalari”.

Bosh ayol roli uchun

Bosh ayol roli uchun “Oskar” mukofotiga Demi Mur (“Substansiya”), Mayki Medison (“Anora”), Karla Sofiya Gaskon (“Emiliya Peres”), Sintiya Erivo (“Yovuz: G‘arb jodugarining ertagi”) va Fernanda Torres (“Men hali ham shu yerdaman”) nomzod etib ko‘rsatilgan.

“Ikkinchi darajali eng yaxshi erkak aktyor”

“Ikkinchi darajali eng yaxshi erkak aktyor” nominatsiyasiga da’vogarlar orasida Kiran Kalkin (“Haqiqiy og‘riq”), Yura Borisov (“Anora”), Edvard Norton (“Hech kimga tanish emas”), Gay Pirs (“Brutalist”), Jeremi Strong (“Shogird. Trampning ko‘tarilishi”) bor.

Los-Anjelesdagi yong‘in sabab e’lon qilish kechiktirildi

Nominatsiyalar o‘tgan hafta e’lon qilinishi kerak edi, biroq Los-Anjelesdagi o‘rmon yong‘inlari sababli e’lon qilish kechiktirildi. Yong‘inlar yanvar oyining birinchi yarmida Kaliforniyani qamrab olgan edi. Olov 24 kishining hayotiga zomin bo‘ldi va 10 mingdan ortiq inshootni yo‘q qildi.

“Oskar” mukofotini topshirish marosimi 2-mart kuni Shimoliy Amerika sharqiy vaqti bilan soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi. Uning boshlovchisi amerikalik hazilkash Konan O‘Brayen bo‘ladi.

Yilning eng yaxshi filmi

Bundan tashqari, 2024-yil 5-dekabr kuni AFI AWARDS 2024 mukofoti sovrindorlari eʼlon qilinganligi haqida xabar bergan edik. Unda AFI 10 ta eng yaxshi film va 10 ta eng yaxshi teledasturlarni aniqlagandi. Mazkur ro‘yxatda ham “Anora” yilning eng yaxshi filmari ro‘yxatida birinchi o‘rinni band qilgan edi.

Теги :
Jamiyat