$
 12705.79
59.23
 14704.41
243.07
 159.20
-1.68
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekistonning orolbo‘yi hududlarga saksovul ekishidan asosiy maqsadi ekologik fojeaga qarshi kurash emas, – Kirill Pavlov

Orol

Qozog‘istonlik mashhur podkastchi Arman Abdolla mahalliy qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Krill Pavlov bilan suhbatlashgan. Suhbat davomida O‘zbekistonning Orol hududidan foydalanishi haqida ko‘p gaplar bo‘lgan, deb yozmoqda `.

Asosiy maqsad – neft

Pdokastda ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning orolbo‘yi hududlarga saksovul ekishidan asosiy maqsadi ekologik fojeaga qarshi kurash emas, maqsad — neft. 2005 yoki 2006-yilda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida kelishuv bo‘lgan. Unga ko‘ra orolbo‘yi hududlardan Qozog‘iston gazni, O‘zbekiston neftni olishga kelishib olingan. O‘zbekiston saksovul ekish orqali u hududlarga texnikalarini kiritib olishga zamin yaratmoqchi.

“Buni izlab ko‘rsangiz ochiq manbalardan ham topasiz. Ular uchun birinchi o‘rindagi maqsad ekologiya emas, tabiiy qazilmalar”, – degan mutaxassis.

Borsa-kelmasga yetib borilsa, dahshatli kasalliklarni qayta qo‘zg‘atib yuborishlari mumkin

Mutaxassisning keltirishicha, Orolning Borsa-kelmas degan joylarida bir vaqtlar biologik laboratoriyalar bo‘lgan. Agar u yerlarga yetib borilsa, dahshatli kasalliklarni qayta qo‘zg‘atib yuborishlari mumkin.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyoda suv ortidan urush bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga ham mutaxassis javob berdi.

“Biz albatta qardosh xalqlarmiz, Olimpiadalarda bir-birimizga muxlislik qilamiz. Lekin siz ko‘pkari musobaqalaridagi janjallarimizni ko‘rganmisiz? Bu bor-yo‘g‘i ko‘pkari musobaqasi”, – deydi u.

Orol dengizida neft va gaz konlari qurish loyihasi

Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Ergash Shoismatov 2006-yil 30-avgustda Oʻzbekiston hukumati va davlatga qarashli “Oʻzbekneftgaz”, “LUKoil Overseas”, “Petronas”, Koreya milliy neft korporatsiyasi va Xitoy milliy neft korporatsiyasidan iborat xalqaro uyushma oʻrtasida “Orol dengizidagi neft va gaz konlarini oʻrganish va oʻzlashtirish boʻyicha kelishuv” shartnoma ishlab chiqalayotgani haqida maʼlum qildi. Uyushma oʻrtasida shartnoma 2005-yil sentabr oyida tuzilgan.

Natija berganmi?

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2010-yilda Koreya kompaniyasi Oroldan gaz topgan. Shundan so‘ng, o‘sha yilning 1-iyun holatiga koʻra 3 km pastdan 500 000 kub metr gaz qazib olingan. Oxir oqibat Orol bo‘yidagi ekologik xavflar tufayli bu masala yopilib ketgan.

Теги :
Jamiyat