$
 12117.35
-11.98
 14069.46
7.93
 149.49
0.32
weather
+26
Кечаси   +14°

Organik va organik-mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentning yangi tahriri tasdiqlandi

organik

11-yanvar kuni hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 

Texnik reglament joriy yilning 1-mayidan boshlab kuchga kiradi 

Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 729-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Vazirlar Mahkamasi huzuriga o‘tkazilganligi munosabati bilan uning faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish;

Organik va organik-mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni yangi tahrirda bayon etish;

Organik va organik-mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni joriy etish sxemasini tasdiqlash.

Shuning bilan birga, qarorga ko‘ra yangi tahrirda bayon etilgan “Organik va organik-mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risida”gi texnik reglament 2025-yil 1-maydan e’tiboran kuchga kirishi belgilandi.