Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +20° kechasi +9°

24 soat ichida himoya orderi

Endilikda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yaxshilanadi.

3 daqiqa o‘qiladi

24 soat ichida himoya orderi

“Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Ijtimoiy xizmatlar tizimi

O‘zbekistonda zulm va zo‘ravonlikdan aziyat chekkan fuqarolarga “oila – mahalla – tuman va viloyat” tamoyili bo‘yicha bir qator ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi joriy etiladi.

2024-yil 1-iyundan boshlab:

-        tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarga himoya orderini talab qilmasdan ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish tartibi joriy etiladi;

-        ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari navbatchilik bo‘limining “102” telefon raqamiga kelib tushgan murojaatlar asosida qayd etiladi.

Ta’qib va zo‘ravonlik holati aniqlansa amalga oshiriladigan ishlar

Ta'qib va zo‘ravonlik yoki tahdid hodisasi aniqlangandan keyin 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:

-        bezorilik va zo‘ravonlik sodir etgan shaxs bilan faol ayollar va mahalla profilaktika inspektori ishtirokida suhbat o‘tkaziladi;

-        Profilaktika inspektori himoya orderini chiqaradi.

Jabrlanganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Inson” markazlariga yuboriladi

Zulm va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollar va ularning voyaga yetmagan bolalari tuman (shahar)dagi markaziy shifoxonalarning tez tibbiy yordam bo‘limiga joylashtiriladi.

Chiqarilgan himoya farmoyishlari va jabrlangan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Yagona milliy ijtimoiy himoya axborot tizimi orqali “Inson” markazlariga yuboriladi.

Tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaxslarning reyestri yuritiladi

Qaror bilan, tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida, shoshilinch qabul boʻlimlarida tunu kun ishlaydigan birlamchi koʻmak xonalari tashkil etiladi:

-        2024-yil 1-iyundan Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida;

-        2024-yil 1-oktyabrdan respublikaning qolgan barcha hududlarida.

Birlamchi ko‘mak xonalari

 Birlamchi koʻmak xonalarida:

jismoniy va ruhiy holatini yaxshilash uchun tazyiq va zoʻravonlikka uchragan, oʻz joniga suiqasd qilgan yoki oʻz joniga qasd qilishga moyilligi boʻlgan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari uch sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga joylashtiriladi;

shoshilinch birinchi yordam, shu jumladan ruhiy, psixoterapevtik yordam koʻrsatiladi, shuningdek, yuqumli kasalliklar mavjudligi toʻgʻrisida tahlillar oʻtkaziladi.

Joriy yilning kuz-qish mavsumidagi o‘zgarishlar

2024-yil 1-oktyabrdan himoya orderi berilgan har bir holatda tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturi “Inson” markazlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;

 2025-yil 1-yanvardan ichki ishlar organlari tomonidan tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarning reyestri yuritiladi;

2024-yil 1-dekabrdan bir kalendar yil davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq va zoʻravonlik holati boʻyicha murojaat qilinganda ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi tashabbus tartibida beriladi.