$
 12858.15
-58.95
 14505.28
44.59
 159.71
-0.43
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

ChatGPT xavfsiz bo‘lmay qoladi, agar…

OpenAI

Ilon Mask sunʼiy intellekt sohasida yetakchi kompaniyalardan biri boʻlgan “OpenAI”ni 97.4 milliard AQSh dollariga sotib olishni taklif etdi. Bu haqda “CNN” axborot agentligi xabar qildi.

Maskning Altman bilan tortishuvi

Mask uzoq vaqtlardan beri kompaniya bosh direktori Sam Altman bilan tortishib kelmoqda. U “OpenAI”ni xayriya tashkiloti sifatida koʻrsatilishi xato ekanligini taʼkidlab, Altmanga qarshi bir qator shikoyatlar bildirdi va kompaniya foyda olishni boshlaganini qoraladi.

OpenAI sudga berilgan

Mask birinchi marta 2024-yil iyun oyida OpenAI’ni sudga bergandi. Buning ortidan kompaniya Maskning bir necha elektron xatlarini ommaga ochiqladi. Ularda sunʼiy intellektni kuchaytirish uchun katta miqdorda pul ishlab olish zarurligi aytilgan. Bu “OpenAI” notoʻgʻri foyda koʻrayotgani haqidagi daʼvolarga umuman teskari gaplar edi.

"Agar xohlasangiz, Twitterni 9,74 milliard dollarga sotib olamiz”

OpenAI aslida notijorat tashkilot bo‘lsa-da, OpenAI LP nomli foyda keltiruvchi kompaniyani boshqaradi. Maskning investitsiyasi kompaniyaning ko‘pchilik ulushini qo‘lga kiritishga imkon berishi mumkin, bu esa uning X.AI sun’iy intellekt kompaniyasiga raqobatni kuchaytiradi.

Maskning taklifi OpenAI’ni avvalgi ochiq manba, xavfsizlikka yo‘naltirilgan xayriya kuchiga qaytarishni maqsad qilgan. Biroq Altman bu taklifni rad etgan.

“Yo‘q rahmat. Agar xohlasangiz, Twitterni 9,74 milliard dollarga sotib olamiz”, — deb yozgan Altman X ijtimoiy tarmog‘ida.

ChatGPT xavfsiz bo‘lmay qoladimi? 

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, Ilon Maskning Tramp ma’muriyatiga o‘tgani sababli, agar OpenAI Mask qo‘liga o‘tgan taqdirda xavfsiz bo‘lmay qoladi. Sababi u OpenAI chat-botidan AQSh manfaatlari uchun foydalanishi mumkin. Bu esa yetakchi sun’iy intellekt kompaniyasini inqiroziga olib keladi.

Ma’lumot uchun, bundan avval amerikalik milliarder “Ozodlik radiosi” va “Amerika ovozi”ni yopishga chaqirgani haqida yozgan edik.

Unga ko‘ra, Ilon Mask Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari hisoblanadi. Ushbu tuzilma ortiqcha me’yoriy hujjatlarni yo‘q qilish, amaldorlar va xarajatlarni qisqartirishga e’tibor qaratadi. Shundan kelib chiqib, milliarder “Ozodlik radiosi” va “Amerika ovozi” soliqchilar pulini sarf qilayotganini aytgan.

Теги :
Jamiyat