Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +23° kechasi +9°

OpenAI direktori kontent mualliflariga haq to‘laydi

Sem Altmanning sun’iy intellektni o‘rgatish uchun kontent taqdim etayotgan insonlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi.

2 daqiqa o‘qiladi

OpenAI direktori kontent mualliflariga haq to‘laydi

OpenAI bosh direktori Sem Altmanning sun’iy intellektni o‘rgatish uchun kontent taqdim etayotgan insonlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi. Bu haqda CNBC telekanali xabar berdi.

OpenAI mualliflik huquqlarini buzganlikda ayblangan edi

“Yangi iqtisodiy modellari topishimiz zarur, unda kontent yaratuvchilar yangi daromad manbalarini topishi mumkin”, dedi u.

Eslatib o‘tamiz, ChatGPT sun’iy intellekti bilan ishlovchi chatbotni ishlab chiqish bilan shug‘ullanayotgan OpenAI mualliflik huquqlarini buzganlikda ayblangan edi.

Altman – bu sohadan birinchi vakil emas

Altman – bu sohadan birinchi vakil emas, ularning fikriga ko‘ra, kontent yaratuvchilarga sun’iy intellektni o‘rgatish uchun ishlatilgan asarlari uchun moliyaviy yordam berish kerak.

Masalan, ProRata deb nomlangan startap kompaniyasi, kontent yaratuvchilarga kompaniyaning daromadidan foiz to‘lash tizimini ishlab chiqmoqda.

200 dollarlik ChatGPT Pro

Ma’lumot uchun, OpenAI yaqinda ChatGPTning oyiga 200 dollar bo‘gan versiyasini ishga tushirgan edi. Unga ko‘ra, “ChatGPT Pro” xizmati OpenAI’ning eng ilg‘or modellariga, jumladan, o1, o1-mini, GPT-4o va “Advanced Voice” texnologiyalariga cheksiz kirishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, xizmat “o1 pro” rejimini taklif etadi. Bu rejim murakkabroq masalalarni hal qilish uchun ko‘proq hisoblash quvvatidan foydalanadi.

OpenAI ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu model ilmiy, matematik va dasturlash sohalarida yuqori aniqlikda amallar bajaradi. Bu esa tadqiqotchi olimlar uchun ilmiy ish yozishda yordamchi bo‘lishi mumkin.