$
 12970.19
-11.06
 13572.01
-25.85
 142.20
0.03
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi avtomobilga gaz uskunasini o‘rnatish uchun ruxsatnomani onlayn olish mumkin

metan

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) avtomobilga gaz uskunasini o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish xizmati paydo bo‘ldi.

Maʼlumotnoma 10 kun ichida taqdim etiladi

Xizmatdan foydalanish uchun arizani onlayn to‘ldirish kerak. Vakolatli organ ariza beruvchiga arizaning ma’qullangani yoki rad etilgani to‘g‘risida elektron shaklda 10 kun ichida ma’lumotnoma taqdim etadi.

Agar avtomobil yangi bo‘lsa, hisob-fakturani ham ilova qilish kerak bo‘ladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq O‘zbekiston davlat xizmatlarining miqdori oxirgi olti yilda sezilarli darajada oshgani haqida xabar bergan edik. 2018-yilda bor-yo‘g‘i 63 turdagi davlat xizmati mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu ko‘rsatkich 403 taga yetdi. Bu esa davlat xizmatlarini raqamlashtirish va soddalashtirishga bo‘lgan e’tibor natijasida yuz bermoqda.

Теги :
Jamiyat