$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

So‘mda omonat qo‘yish uchun eng yaxshi bank qaysi?

100 ming so‘mlik kupyura

2025-yilning yanvar oyi holatiga koʻra, Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan 36 ta bankdan 27 tasida soʻmda omonat joylashtirish imkoniyati bor.

Foiz stavkasi 13,5 foizdan 27 foizgacha

Kursiv Uzbekistan ma’lumotlariga ko‘ra, aksariyat banklar omonat muddatini 6 oydan 24 oygacha taklif qilsa, ayrimlarida uzoqroq vaqtga yoki umuman muddatsiz tariflar ham mavjud.

Foiz stavkalari Markaziy bankning asosiy stavkasidan (13,5 foiz) boshlanib, eng yuqori koʻrsatkichi 27 foizgacha belgilangan. Bank mobil ilovasi orqali omonat ochishda foiz stavkasi 1−2 foiz yuqoriroq boʻladi. Buni raqamlashtirishga oʻtish bilan izohlash mumkin.

Onlayn va oflayn omonat uchun minimal miqdor

Minimal omonat summasi bank va omonat turiga qarab farqlanadi. Aksariyat banklarda onlayn omonatlar uchun minimal miqdor 100 ming soʻm, oflayn omonatlar uchun esa 1 mln. soʻm etib belgilangan.

Koʻplab banklarda omonatni toʻldirish va qisman yechib olish imkoniyati mavjud. Lekin aksariyatida omonat belgilangan muddatdan ertaroq yopilsa, foiz stavkasi kamayadi.

Balog‘at yoshiga yetmagan bolalar uchun omonat imkoniyati

Shuningdek, “Asia Alliance bank”, “Xalq bank”, “Turon bank” kabi banklar tomonida balogʻat yoshiga yetmagan bolalar uchun omonat rasmiylashtirish imkoniyati mavjud. Bunda foiz stavkalari nisbatan kamroq, lekin muddati ancha uzoqroq etib belgilangan.

Omonatlar boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlar banklarning rasmiy veb-saytlari va call-markazlari orqali olindi. Batafsil maʼlumotlarni aniqlashtirish uchun bankka murojaat qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, yuqorida taqdim etilgan axborot nashr qilingan vaqtda aktual hisoblanadi, deya ilova qilgan Kursiv Uzbekistan.

Теги :
Jamiyat