Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 75 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +6°

O‘zbekiston fuqarolari Ombudsmanga qaysi masalalarda murojaat qilmoqda?

O‘tgan birinchi chorakda kelib tushgan murojaatlarning 42,1 % xotin-qizlar, 57,9% erkaklar hissasiga to‘g‘ri keladi.

3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston fuqarolari Ombudsmanga qaysi masalalarda murojaat qilmoqda?

Ombudsmanga o‘tgan birinchi chorakda kelib tushgan murojaatlarning 42,1 % xotin-qizlardan, 57,9% erkaklarga to‘g‘ri keladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) axborot xizmati rahbari Fotima Madrahimova ma’lum qildi.

Jami 4195 ta murojaat

2024 yilning 1-choragi davomida Ombudsmanga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan jami 4195 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu ko‘rsatkich, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobarga ko‘p. Murojaatlarning 16 tasi belgilangan tartibda anonim deb topilgan.

Murojaatlar mazmuni qanday?

Jami murojaatlarning 25,4% ijtimoiy, 24,2% iqtisodiy, 18,6% shaxsiy, 14,8 % harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda ushlab turilgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga, 9,4% fuqarolik va murojaat qilish huquqiga, 1,3% bola huquqlariga, 0,8% ekologik huquq va 5,5% boshqa masalalarga tegishli.  

Mansabdor shaxslarga 33 ta ta’sir chora shaklidagi hujjatlar kiritildi

Joriy yilning 1-choragida Ombudsmanning Murojaatlar bilan ishlash bo‘limiga 3589 ta murojaat kelib tushgan. Bu jami murojaatlarning 83%ni tashkil etadi. 

Hisobot davrida Ombudsman tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan tashkilot hamda mansabdor shaxslarga 33 ta ta’sir chora shaklidagi hujjatlar kiritildi. 

86 mln so‘m — ish haqi va mehnat munosabatlariga oid

2024-yil 3 oyi davomida Ombudsman tomonidan fuqarolarning murojaatlari asosida undirilgan hamda undirish belgilangan mablag‘lar 299,4 mln. so‘mni tashkil etdi. Shundan, salkam 86 mln so‘m fuqarolarning ish haqi va mehnat munosabatlariga oid. 

Fuqarolarning qarzdorligi, sog‘lig‘iga yetkazilgan zararlar, moddiy va ma’naviy zararlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar oqibatida yuzaga kelgan huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq murojaatlar o‘rganilishi natijasida jami 85 mln 310 ming so‘mdan ortiq mablag‘lar murojaatchilar foydasiga undirilgan.

Murojaatlar asosan aliment masalasida

Ombudsmanga murojaatiga asosan, xotin-qizlarning voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun 52 mln so‘mga yaqin aliment to‘lovlari undirilishi ta’minlandi. Aliment to‘lashdan bosh tortgan 2 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 3 ta holatda esa jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ishga tiklash va ish haqini undirish

Ombudsmanning so‘roviga asosan Davlat mehnat inspeksiyasi inspektorlari tomonidan sudlarga ishga tiklash va ish haqini undirish yuzasidan 4 ta da’vo arizalar kiritildi.

5 ta holatda ish beruvchini xodimga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlari bartaraf etildi. 

2 nafar fuqaroning mulkini tasarruf etish huquqi ta’minlandi. 3 nafar fuqaroning turar joyi uchun kadastr hujjatlari rasmiylashtirilida yordam berildi.

Lavozimidan ozod etilgan mas’ullar

Ombudsman murojaatiga asosan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 9 nafar mas’ul xodimlari o‘z vazifasini lozim darajada bajarmaganligi uchun intizomiy javobgarlikka tortilgan, 3 nafar xodim esa egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. 

Ombudsman so‘roviga asosan, vakolatli davlat organlari tomonidan mas’ul mansabdor shaxslarning harakatlarida qonunbuzilish holatlari mavjudligi aniqlanib, 2 nafar mas’ulga “xayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Ekologik huquqlar

Ekologik huquqlarni ta’minlash bo‘yicha Ombudsmanga yuborilgan murojaatlarning o‘rganilishi natijasida 2 ta holatda huquqbuzarlar ma’muriy javobgarlikka tortilgan. 1 ta holatda MCHJ faoliyati ekologik ekspertizadan o‘tkazilishi yuzasidan ogohlantirilgan.

Ombudsman so‘roviga asosan, tuman hokimligi tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshootlarni buzdirilishi bo‘yicha sudga da’vo ariza kiritilgan. Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi mahallalardan biridagi noqonuniy qurilish ishlari to‘xtatilgan.

Fuqorolarning quvurlarni tozalash va tartibga solinmagan chorrahaga svetofor o‘rnatish bo‘yicha murojaatlari ijobiy hal etilgan.