$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

“Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali Biznes-obmudsmanga 7 113 ta murojaat kelib tushdi

biznes

Bugun, 22-oktyabr kuni AOKAda Biznes-ombudsman devoni Axborot xizmati rahbari Guljamol Shukurova ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi. Unda Biznes-ombudsman tomonidan 2024-yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida ma’lumot berildi.

Kelib tushgan murojaatlarning xususiyatiga ko‘ra turlari

Oʻtgan davr mobaynida tadbirkorlardan kelib tushgan 7 127 ta murojaatlar xususiyatlari boʻyicha tahlil etilganda:

- 12 foizi soliqqa oid;

- 11 foizi er, kadastr va arxitekturaga oid;

- 10 foizi bank, kreditga oid;

- 10 foizi tekshiruvlarga oid;

- 8 foizi sud qarori ijrosiga oid va boshqa masalalarga oidligi aniqlandi.

Mazmuniga ko‘ra murojaatlarning turlari

Shu bilan birga, “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali 7 113 ta murojaatda 8 131 ta masala kelib tushgan boʻlib, mazmuniga koʻra murojaatlarning 17 foizi bank va kreditga oid, 11 foizi soliq, 8 foizi mansabdor shaxslarning xatti-harakati, 8 foizi yer maydoni, yoki bino ajratish, kadastr masalalari, 8 foizi sud va boshqa organ hujjatlarini ijro etish, 7 foizi infratuzilma masalalari 41 foizi boshqa masalalarga tegishli.

Murojaatlar asosida tadbirkorlarga 10,9 mlrd. soʻm miqdorida asossiz toʻlangan soliq mablagʻi qaytarilishida, 4,99 mlrd. soʻmdan ortiq kredit ajratilishida va 3,81 mlrd. soʻm pul mablagʻini undirishda yordam koʻrsatilgan.

122 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma

Aniqlangan qonunbuzilishi holatlari boʻyicha 8 ta taqdimnoma kiritildi, 122 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Oʻtgan davr mobaynida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga oid qonunchilik ijrosi boʻyicha 5 ta nazorat organida oʻrganish oʻtkazilgan.

Oʻrganishda aniqlangan qonunbuzilishi holatlari boʻyicha 4 ta taqdimnoma kiritilgan, mas’ul shaxslarning 315 nafariga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, 20 nafariga intizomiy jazo qoʻllanilgan.

Aniqlangan qonunbuzilishi xususiyati boʻyicha:

- 83 foizi tekshiruv tartibini buzish;

- 5 foizi murojaatlarni koʻrish tartibini buzish;

- 4 foizi davlat xizmatlari koʻrsatishni buzish;

- 1 foizi boshqalar.

Nazorat qiluvchi organlar tomonidan kelishish uchun kiritilgan jami 3 941 ta tekshiruv buyurtmasidan 1 726 tasi (44 foizi) kelishilgan va 2 215 tasi (56 foizi) qonuniy asoslar mavjud boʻlmaganligi sababli rad etilgan.

Nazorat organining 9 454 nafar xodimi attestatsiyadan oʻtkazildi

Davlat nazoratini amalga oshirishda yagona huquqni qoʻllash amaliyotini ta’minlash maqsadida nazorat organining 4 507 nafar mansabdor shaxsi ishtirokida 75 ta oʻquv seminar oʻtkazildi.

Tekshirishlarni oʻtkazuvchi xodimlarning malaka va professionallik darajasini baholash maqsadida nazorat organining 9 454 nafar xodimi attestatsiyadan oʻtkazilib, ularning 7 208 nafari (76 foizi) tadbirkorlar faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishda yetarli malakaga ega deb topildi.

15,1 mlrd. soʻmlik da’vo tadbirkorlar foydasiga hal etildi

Oʻtgan vaqt davomida tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish borasida Biznes-ombudsman tomonidan 1 836 ta ta’sir chorasi, shundan 47 ta da’vo arizasi (shikoyat), 38 ta taqdimnoma, 24 ta xulosa, 6 ta ogohnoma va 1 721 ta ma'muriy qoʻllanilgan.

Natijada, hisobot davrida sudlar tomonidan 15,1 mlrd. soʻmlik da’vo tadbirkorlar foydasiga hal etilgan, 1 ta qaror haqiqiy emas deb topilgan va 25 nafar mas’ulga intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan.

Biznes-ombudsman devoni tomonidan 5 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqildi

Tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha Biznes-ombudsman devoni tomonidan 5 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi, shu jumladan, 2 ta Qonun, 2 ta Prezident Farmoni va 1 ta Vazirlar Mahkamasi qarori ishlab chiqildi.

613 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, ular boʻyicha 599 ta taklif va e’tirozlar yuborilgan.

17 ta tahliliy ma’lumotnoma asosida 105 ta tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan takliflar tayyorlandi.