$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Olimpiadada O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi medal qo‘shildi

 Muzaffarbek To‘raboyev

“Avgust” oyining ilk kuni Parij Olimpiadasi dasturlarida hozircha o‘zbek sportchilaridan 6 nafari chiqish qildi. Dzyudo oilasi" hisobimizga navbatdagi medalni tortiq qildi.  

Bronza medali

-100 kg vazn toifasida tatamida kurashuvchi dzyudochimiz Muzaffarbek To‘raboyev O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga bronza medalini taqdim etdi. Muzaffarbek To‘raboyev bu natijaga qadar qozog‘istonlik va niderlandiyalik sportchilarni ippon bahosi evaziga mag‘lub qildi. Shundan so‘ng u yarim finalda ozarbayjonlik Zelim Kotsoyevga imkoniyatni boy berdi. So‘ngra bronza medal uchun kechgan bahsda ispaniyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.

"Gohi shodlik, gohi g'am"

Bugungi kunni, dastlab, akademik eshkak eshuvchimiz Anna Prakaten boshlab berdi. Sportchimiz yarim finalda marraga 4-bo‘lib yetib keldi va final yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi. Shundan so‘ng, yana bir vakilamiz Irisxon Qurbonboyeva soniyalar ichida yaponiyalik raqibasiga og‘ritish uslubida mag‘lub bo‘ldi.  

Shuningdek, boks oilasining vakilasi Sabina Boboqulova Tailand vakilasiga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Yana bir bokschimiz Ruslan Abdullayev esa chorak finalda kanadalik Vyatt Sanfordga qarshi jang qilib, mag‘lubiyatga uchradi.

Bundan tashqari, boks bahslarida Navbahor Hamidova nimchorak finalda amerikalik raqibasini mag‘lubiyatga uchratdi. U endi chorak final bosqichida ishtirokini davom ettiradi. 00:50 da yana bir bokschimiz Lazizbek Mullojonov brazilyalik Marli Keno Machadoga qarshi ringga ko‘tariladi. Shu tariqa, Lazizbek 1-avgustga atalgan o‘zbek sportchilari dasturini yakunlab beradi. 

Reyting jadvali

Ma’lumot uchun, avvalroq yana bir dzyudochimiz Diyora Keldiyorova musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritgandi. Bugungi bronza medalidan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi medallar jamg‘arish reytingida 21-o‘ringa ko‘tarildi. Hozirda reytingda Xitoy Xalq Respublikasi peshqadamlik qilmoqda. Ularning hisobida 11 ta oltin, 7 ta kumush va 3 ta bronza medali mavjud.