$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

AQShda 37, Kanadada 14, O'zbekistonda 200, mezbon Fransiyada esa 85 ming AQSh dollari: Mamlakatlar Olimpiada sovrindorlariga qancha atamoqda?

Olymp

26-iyul kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari rasman start oladi. Tabiiyki, har bir mamlakat o‘z sharafini himoya qiluvchi sportchilarni rag‘batlantirish uchun ma’lum miqdordagi mukofot pullarini e’lon qilgan. Qiziq, kimda qancha? 

Rag‘batlantirish

Sport yo‘nalishidagi ishtirokchilar yil mobaynida turli xil musobaqalarda va asosiy turnir, jahon chempionatida ishtirok etadi. Mavsumga ko‘ra har to‘rt yilda bir marotaba o‘tuvchi qadri nisbatan balandroq bo‘lgan musobaqalar ham mavjud. Shulardan biri — Olimpiada o‘yinlari. Ushbu musobaqa g‘oliblari qadimdan o‘zgacha e’tirof etilib, qadrlanib kelingan. Shuningdek, g‘oliblarga musobaqaning belgilangan summasidan tashqari, o‘z davlati tomonidan ham mukofotlanadi. 

Rio Olimpiadasi

Misol uchun, 2016 yilgi Rio Olimpiadasi medallari sohiblariga O‘zbekiston hukumati tomonidan Malibu avtomobili va pul mukofotlari topshirilgan. Aniq ma’lumotga ko‘ra, oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar 200 ming dollar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlansa, kumush medal uchun — 100 ming dollar va bronza medal uchun — 75 ming dollar tortiq qilingan. Avtomobil barcha medal sohiblariga birdek taqsimlangan. Bundan tashqari, har bir sportchini o‘z viloyatida hokim va kazo-kazolar turli sovg‘alar bilan siylashgani haqida ham turli gap-so‘zlar qulog‘ingizga chalingan bo‘lsa, ajab emas.

Tokio Olimpiadasi 

Endi yaqin tarixga nazar tashlasak, 2021-yilgi Tokio Olimpiadasi sovrindorlari quyidagicha mukofotlangan:

Oltin medal sohiblariga:

200 ming dollar, 3 xonali uy, Tahoe avtomobili;

Kumush medal sovrindorlariga:

100 ming dollar, 2 xonali uy, Traverse avtomobili;

Bronza medal sovrindorlariga:

50 ming dollar, 2 xonali uy, Trailblazer avtomobili topshirilgan. 

Parij Olimpiadasi

Avvalroq O‘zbekiston hukumati Parij Olimpiadasida g‘olib va sovrindor bo‘luvchi sportchilar uchun mukofot pullarini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, oltin medal egalariga 200 000, kumush medal sohiblari 100 000, bronza medalini qo‘lga kiritgan sportchilarga esa 50 000 dollar mukofot pullari taqdim etiladi. Quyida bir qancha mamlakatlarning g‘olib va sovrindor sportchilariga ajratgan mablag‘larini ko‘rishingiz mumkin.