$
 12687.70
-7.17
 13790.26
23.94
 140.03
0.55
weather
+26
Кечаси   +14°

Bonjour Paris: O‘zbekiston o‘z tarixida ilk marta Olimpiadaga yo‘llanma oldi

Olympiya

Qatarda o‘tayotgan Osiyo kubogi U23 yarimfinali doirasida O‘zbekiston olimpiya jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, finalga chiqish barobarida o‘z tarixida ilk bor Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Jamoa Parijda o‘tadigan har to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasida ishtirok etadi. 

Jamoa olimpiada o‘yinlarida qaysi guruhdan o‘rin oladi? 

Joriy yilning 21-mart kuni Parijda o‘tadigan Olimpiadaning futbol musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tgan edi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo Kubogining yarim finalida Indoneziyani taslim qilib, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgach, terma jamoa Osiyo Kubogi g‘olibi bo‘lsa "D" guruhidan (Paragvay, Mali, Isroil) joy oladigan bo‘lib turibdi. Agarda finalda mag‘lubiyat qayd etilsa, o‘zbekistonlik yigitlar "C" guruhida Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi jamoalariga qarshi o‘ynashadi. 

Prezident tabrigi 

Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya jamoasiga Parij olimpiadasining yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

— Sizdek azm-u shijoatli yoshlarimizning tajribali murabbiy va mutaxassislar rahbarligida mazkur musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rib, har bir o‘yinda chinakam mahorat, jasorat va matonat namunasini ko‘rsatganingiz albatta yuksak tahsinga munosibdir. Osiyo qit’asidagi eng kuchli jamoalar bilan qizg‘in kurashlar ostida bo‘lib o‘tgan 5 ta o‘yinda ham jamoamiz darvozasini daxlsiz saqlab, raqiblar darvozasiga 14 ta javobsiz to‘p kiritganingiz ham futbolimiz tarixida misli ko‘rilmagan natijadir. Ishonchim komilki, sizlar bu yutuqdan yanada ruhlanib, final bellashuvida “Osiyo chempioni” degan sharafli nom uchun munosib kurash olib borasiz. Fursatdan foydalanib, barchangizga, sizlarning mehribon ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringizga ham chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. 

“Bu g‘alaba butun O‘zbekistonniki” 

Musobaqada to‘purarlik uchun kurashayotgan vakilimiz Husayn Norchayev o‘yindan so‘ng OFKga rasmiy intervyu berdi. "Bizni qo‘llab turgan hammaga rahmat. Bu g‘alaba butun O‘zbekistonniki. Bu maqsad yo‘lida 4-yil tayyorgarlik ko‘rdik", — dedi Norchayev. Hujumchimiz Qatarda o‘tayotgan Osiyo Kubogining barcha 5 ta o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli pas berdi.

“Keyingi reja kubokni O‘zbekistonga olib kelish” 

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmasi qo‘lga kiritganidan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi va jurnalistlarning savollariga javob yo‘lladi. Quyida savol javoblar ketma-ketlik asosida bayon qilinadi.

— O‘yin haqidagi fikrlaringiz 

— Bugun tarixiy natijaga erishdik. Prezidentimiz va xalqimizga rahmat. Duoda bo‘lib turgan xalqimizga ming rahmat. Yaratganga shukr, maqsadimizga erishdik. Keyingi reja kubokni O‘zbekistonga olib kelish. Uzoq vaqt tomonida bunga tayyorgarlik ko‘rgandik va mana bugun barcha niyatlarimiz amalga oshdi. 

- Ushbu loyiha tashkil etilgandagi dastlabki kunlardan boshlab bugungi uchrashuvga qadar bosib o‘tilgan yo‘l haqida gapirib o‘tsangiz. Bunday jiddiy loyihani sizga topshirishayotganida nimalarni his etgandingiz? 

- O‘sha vaqti men keyingi saralashda ishtirok etadigan yoshdagi futbolchilarning jamoasini men boshqarayotgan edim. Bu yo‘lni bosib o‘tish oson bo‘lmadi. Shu vaqtga qadar ikki katta musobaqada ishtirok etdik. Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rin va Osiyo o‘yinlarida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdik. To‘rt yil davomida biz yengib o‘tgan qiyinchiliklar va sinovlarga asoslanib kitob yozsa bo‘ladi. Umumiy qilib aytsak, yakunda yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. 

- Bugungi uchrashuvda 29 ta zarba va o‘z darvozangizlaringizga bitta ham aniq zarba berilmadi. O‘yinning birinchi daqiqasidan boshlab jamoangiz o‘yinni nazorat qildi. Ammo kech gol urdingizlar bunga sabab nima? 

- Biz raqibdan kuchli ekanligimizni bilar edik va futbolchilar ham buni tushunib turishgan edi. Asosiy sabab, bosim edi. Sababi Olimpiadaga chiqish biz uchun yangi tarix. Biz hech qachon olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmaganmiz. Ko‘p xavotir bo‘ldi, ammo yakunda g‘alaba qozondik. Barcha vaziyatlardan foydalanganimizda hisob yirikroq bo‘lar edi. Vaziyatlarni yakunlashga kelganda biroz hayajonlandik. 

- Musobaqa davomida ko‘p marotaba rotatsiyaga qo‘l urdingiz. Saudiyaga qarshi Hamraliyevni, bugun esa Zafarmurod va Rahimjonovlarni rotatsiya qildingiz? Bunga qandaydir sabab bormi? 

- Mening maqsadim shu edi. Barcha futbolchilar asosiy tarkibda o‘ynashga loyiq deb o‘ylayman. Terma jamoada aslida shunday bo‘lish kerak. Barcha futbolchilar o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish kerak. 23ta futbolchining chaqirdikmi, ularning hammasiga imkoniyat berish kerak. Ushbu musobaqa davomida har uch kunda o‘yin o‘tkazdik va shu sababli qo‘rqmasdan rotatsiya qo‘l urdim. Rotatsiya qilish futbolchilarning jismoniy holatini yaxshiroq ushlab turadi. Men barcha futbolchilarimga birdek ishonganim uchun ularni maydonga tushiraman. Barcha teng imkoniyatga ega bo‘ladigan jamoa tuzishni istagandek bu loyiha boshlanganida va bugungi kelib shu maqsadimiz amalga oshdi. 

- Musobaqa davomida barcha futbolchilarimiz maydonga tushishdi. Final uchrashuvida uchinchi darvozabonimizga imkon bersangiz to‘liq tarkib o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan bo‘ladi. Abdunabiyevni finalda ko‘rishimiz mumkinmi? 

- Darvozabon masalasiga keladigan bo‘lsak, darvozabonlarga imkoniyat berish biroz boshqacharoq. Aniq javob ayta olmayman, to‘g‘risi. 

Endilikda vakillarimiz final bahsida 3-may kuni Yaponiyaga qarshi maydonga tushishadi.