O‘zbekistonda oltin narxi yana oshdi
Qimmatbaho metall narxi bir kunda 1,8 foizga, joriy yil boshidan esa deyarli 19 foizga oshdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Oltin quyma va esdalik tangalar narxi 16-may, payshanba kuni yangi maksimal darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi. Og‘irligi 5 gramm bo‘lgan oltin quyma hozirda 5,04 million so‘mga baholanmoqda. Bir grammning narxi 1 008 040 so‘m yoki o‘tgan kunga nisbatan 1,8 foizga qimmat.
Bir yilda — 18,9 foiz
Qimmatbaho metallning bir grammi bundan salkam bir oy avval — 17-aprelda 1 million so‘mdan oshib ketgandi. O‘zbekistonda yil boshidan buyon oltin narxi 18,9 foizga oshdi.
Oltin investitsiyasi
Markaziy bank 2018-yilda aholiga oltin tangalarni sotishni boshladi, ikki yildan so‘ng esa ularga oltin quymalari ham qo‘shildi. Yakka tartibdagi xaridorlarga ma’lum shartlar asosida ularni O‘zbekistondan olib chiqishga ruxsat berildi. Bu qadamlar O‘zbekiston iqtisodiyotining xorijiy valyutaga qaramligini kamaytirish istagi bilan izohlandi. Bundan tashqari, ekspertlarning fikricha, oltin investitsiya imkoniyatlarini kengaytiradi va jamg‘armalarni ta’minlashga yordam beradi.



