Juma, 23-oktabr, 2026
Havo 73 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +8°

O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchilar orasida o‘ninchi o‘rinni egalladi

Eng ko‘p oltin ishlab chiqargan mamlakat Xitoy bo‘ldi — 378,2 tonna. Ikkinchi o‘rinda — Rossiya (321,8 tonna), uchinchi o‘rinda — Avstraliya (293,8 tonna).

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchilar orasida o‘ninchi o‘rinni egalladi

2023-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchilar orasida o‘ninchi o‘rinni egalladi. Bu haqda World Gold Council ma’lumotlariga tayanib, TASS maʼlumot berdi.

Bir yilda qancha oltin ishlab chiqarildi?

Qayd qilinishicha, 12 oy davomida O‘zbekistonda 119,6 tonna qimmatbaho metall ishlab chiqarildi.

Eng ko‘p oltin ishlab chiqargan mamlakat Xitoy bo‘ldi — 378,2 tonna. Ikkinchi o‘rinda — Rossiya (321,8 tonna), uchinchi o‘rinda — Avstraliya (293,8 tonna).

Oltin ishlab chiqaruvchilarning yetakchi o‘ntaligiga Kanada (191,9 tonna), AQSh (166,7 tonna), Gana (135,1 tonna), Indoneziya (132,5 tonna), Peru (128,8 tonna) va Meksika (126,6 tonna) ham kirdi.

Oltin va uning hosilalari eksporti bo‘yicha

Bundan tashqari, o‘tgan yil natijalariga ko‘ra, Shveytsariya oltin va uning hosilalari eksporti bo‘yicha birinchi bo‘ldi. Qimmatbaho metallni xorijda sotishdan bu mamlakat 107,2 milliard dollar daromad oldi. Ikkinchi o‘rinda — Buyuk Britaniya (65,3 milliard dollar), uchinchi o‘rinda — Xitoy (44,4 milliard dollar).