Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 68 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +15° kechasi +7°

Oʻzbekiston 2023-yilda qancha oltin qazib oldi?

2023-yilda jahonda 3 ming tonna oltin ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu 2022-yilga nisbatan 60 tonna kam.

1 daqiqa o‘qiladi

Oʻzbekiston 2023-yilda qancha oltin qazib oldi?

Qozog‘istonda 2023-yilda 130 tonna, O‘zbekistonda 100 tonna oltin qazib olingan. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati ma’lumot berdi.

Oʻzbekistonda 4 tonnaga kam

Qozog‘istonda qazib olish hajmi 2022-yilga nisbatan 15 tonnaga ko‘paygan, O‘zbekistonda esa 4 tonnaga kamaygan. Rossiyada 310 tonna oltin qazib olinib, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga mos keladi.

Qirgʻiziston haqida maʼlumot yoʻq 

Umuman olganda, 2023-yilda jahonda 3 ming tonna oltin ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu 2022-yilga nisbatan 60 tonna kam. Qirg‘izistonda oltin qazib olish hajmi bo‘yicha so‘nggi baholashni AQSh Geologiya xizmati hali e’lon qilmagan. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda Qirg‘izistonda 25,3 tonna oltin qazib olingan.

Oʻzbekiston sakkiz oyda qancha oltin sotdi?

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston sakkiz oy davomida 4,99 milliard dollarlik oltin eksport qilgani haqida xabar bergan edik. Bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 11,5 foizga kam (5,64 milliard dollar). 

May oyida qimmatbaho metallning xorijga yetkazib berilishi 771,9 million dollarni, aprelda — 758,3 million dollarni, martda — 1,35 milliard dollarni, fevralda — 1,32 milliard dollarni tashkil qildi. Iyun va iyul oylarida eksport bo‘lmadi, ammo avgust oyida savdo hajmi 792,6 million dollarni tashkil etdi.