$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Tekin sho‘rva tatimas” — istirohat bog‘ida tartibsizliklar yuz berdi

t 6 1

Ashxobod parkida tekin o‘yinchoq tarqatilishi natijasida katta tirbandliklar yuzaga keldi. Rasmiylar vaziyat bo‘yicha izoh berdi.

Ashxobodda o‘yinchoqlar yomg‘iri

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni, ammo O‘zbekistonga kelganda ushbu kunning ma’nosi biroz o‘zgarib qolganga o‘xshaydi. Bu kun munosabati bilan soat 12:00 da Ashxobod sayilgohi katta “pushka”dan 20 000 o‘yinchoqni osmonga uloqtirishini aytgan edi. Buning natijasida, park tekin o‘yinchoq ilinjida kelgan minglab odamlar bilan to‘lib ketdi, bir necha bolalarning yo‘qolib qolgan bo‘lishi mumkin ekanligi ham aytildi.

“Vaziyat to‘liq nazoratga olindi”

“Toshkent shahridagi “Ashxobod” ko‘ngilochar bog‘ida bugun, 1 iyun soat 12:00 larda tekinga o‘yinchoqlar tarqatilishi haqidagi axborot ortidan, poytaxtimiz aholisi va mehmonlardan iborat juda ko‘p fuqarolarning bir vaqtning o‘zida bog‘ atrofida to‘planishlari natijasida, unga kirish/chiqish va ayrim ichki yo‘nalishlarida tiqilinch vaziyat hamda bog‘ga olib keluvchi va yaqin avtomobil yo‘nalishlarida tirbandliklar yuzaga keldi. Hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, tiqilinchlarni va yo‘llardagi tirbandliklarni bartaraf etish ishlari jadal amalga oshirilmoqda. Yuzaga kelgan vaziyatda jarohatlanganlar aniqlanmagan, tobi qochganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan”, - deya vaziyat haqida xabar berdi ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Sh.G‘iyasov.

“Tekin” aksiyasi butunlay to‘xtatildi

Biroz vaqt oldin Yunusoboddagi erkaklar kiyim do‘konida, bugun Ashxobodda yuzaga kelgan vaziyatlardan Ichki ishlar vazirligi to‘g‘ri xulosa chiqarganga o‘xshaydi. Endilikda IIV bayram munosabati bilan "tekin narsa tarqatish" aksiyalari uyushtirishni butunlay taqiqlandi.