Olimpiyada sari yo‘l: Legionerlar Kapadze jamoasiga yordam bera oladimi?
15-apreldan 3-mayga qadar Qatarda U-23 Osiyo Kubogi bo‘lib o‘tadi. Timur Kapadze boshchiligidagi olimpiya terma jamoasi kecha Dohaga yetib bordi.
2 daqiqa o‘qiladi

15-apreldan 3-mayga qadar Qatarda U-23 Osiyo Kubogi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa Olimpiadaga yo‘llanma beradi. Timur Kapadze boshchiligidagi olimpiya terma jamoasi kecha Dohaga yetib borgan. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi musobaqa davomida "City Centre Rotana Doha" mehmonxonasida istiqomat qiladi. Bu mehmonxonaga Xitoy U-23 terma jamoasi ham joylashadi.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlar taqvimi quyidagicha:
"D" guruhi, 1-tur
17.04.2024, 16:00 (Toshkent vaqti bilan 18:00).
O‘zbekiston - Malayziya
"D" guruhi, 2-tur
20.04.2024, 18:30 (Tosh. vaqti bilan 20:30).
Kuvayt - O‘zbekiston
"D" guruhi, 3-tur
23.04.2024, 18:30 (Tosh. vaqti bilan 20:30).
O‘zbekiston - Vetnam Agarda
OʻFA diplomatiyasi
O‘FAning legioner futbolchilarning jamoasi bilan kelishuvlari yaxshi o‘tgan bo‘lsa, U-23 Osiyo Kubogida tarixdagi eng ko‘p legioner bilan ishtirok etamiz. Bungacha bo‘lgan 5 ta musobaqada tarkibimizda umumiy 3 nafar legioner bo‘lgan. Bu safargi beshlik quyidagilar bo‘lishi mumkin. Umarali Rahmonaliyev ("Rubin"), Abbosbek Fayzullayev (SSKA), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev ("Qayrat"), Abduqodir Husanov ("Lans") hamda Xojimat Erkinov ("Al Vahda").
Legionerlarning vaziyati qanday?
Umarali Rahmonaliyev va Ibrohimhalil Yo‘ldoshevning musobaqaga kelishi boshqalarnikidan ertaroq ma’lum bo‘ldi. Abduqodir Husanov «Lans»ning kecha bo‘lib o‘tgan «Mes»ga qarshi o‘yini uchun qaydnomasiga kiritilmadi. Bu o‘z-o‘zidan futbolchining Osiyo Kubogiga borish-bormasligiga signal. U ko‘p ehtimol, musobaqaga boradi. Moskva klubi Abbos Fayzullayevga musobqada ishtirok etishga ruxsat bergan. U 26-aprel kuni Dohaga uchib boradi. Demak, Abbos terma jamoaga chorak finaldan boshlab ko‘maklashadi. Xojimat Erkinov masalasi ham bugun hal bo‘ldi.



