$
 12600.05
16.0
 13605.53
70.13
 143.17
-0.63
weather
+26
Кечаси   +14°

Olimpiadaga borishi mumkin bo‘lgan 3 nafar yoshi katta futbolchilarning nomi ma’lum bo‘ldi

Timur Kapadze

Yaxshi bilasiz, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Parij Olimpiadasida ishtirok etadi. Olimpiadada 23 yoshdan katta 3 futbolchini tarkibga qo‘shish imkoniyati mavjud. Bosh murabbiy Timur Kapadze ushbu 3 nafar futbolchilar borasida bir to‘xtamga kelgan. Bu haqda “Championat.asia” sayti ma’lum qiladi.

O‘zgarishlar bo‘lishi mumkin

Ma’lumotlarga qaraganda, bosh murabbiy Eldor Shomurodov (“Roma”), Oston O‘runov (“Persepolis”), Akmal Mozgovoy (“Nasaf”) kabi futbolchilarni Olimpiya jamoasi tarkibiga jalb qiladi. Ushbu 3 nafar yoshi katta futbolchi ro‘yxati O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi himoyachisi Alibek Davronovning jarohati qay darajada jiddiyligi va davolanish davomiyligiga qarab o‘zgarish ehtimoli mavjud. Ya’ni, yuqoridagi futbolchilardan biri markaziy himoyachi (katta ehtimol bilan Husniddin Aliqulov)ga almashtirilishi mumkin.

Parij — 2024

Avvalroq Eldor Shomurodov Olimpiadaga qatnashish istagi borligini ma’lum qilgan edi. Ma’lumot uchun, Parij—2024 Olimpiadasida O‘zbekiston U23 jamoasi Olimpiadada C guruhidan joy olgan. O‘zbekiston U23 termasi guruhda Ispaniya, Dominikan va Misr kabi terma jamoalar bilan bahs olib boradi.