Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +17° kechasi +9°
Читать на русском

Tarixiy yutuq: joriy yilda maktab oʻquvchilari Xalqaro olimpiadalarda eng yuqori natijani koʻrsatdi

2023-2024-o‘quv yilida maktab o‘quvchilari tomonidan xalqaro fan olimpiadalarida jami 122 medal qo‘lga kiritilgan bo‘lib, ushbu natija hozirga qadar eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

1 daqiqa o‘qiladi

Tarixiy yutuq: joriy yilda maktab oʻquvchilari Xalqaro olimpiadalarda eng yuqori natijani koʻrsatdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan poytaxtimizdagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2023-2024 o‘quv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

2023-2024-o‘quv yilida maktab o‘quvchilari tomonidan xalqaro fan olimpiadalarida jami 122 medal qo‘lga kiritilgan bo‘lib, ushbu natija hozirga qadar eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Medallar tarkibi qanday?

Bular orasida nufuzga ega, ko‘pgina dunyo mamlakatlari va xalqaro darajadagi oliy ta’lim muassasalari tan oladigan xalqaro olimpiadalar mavjud.

Joriy yilda yurtimiz o‘quvchilari eng nufuzli xalqaro olimpiadalarda 11 ta medalni (1 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza) qo‘lga kiritishdi. Joriy yilgi barcha xalqaro olimpiadalarda 91 ta (11 ta oltin, 24 ta kumush va 56 ta bronza) medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik yoshlar turli darajadagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi. 

Gʻoliblarga qancha mukofot puli berildi?

Xususan, eng nufuzli xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:

  • oltin medal sohibiga — 187,5 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 168,75 mln. so‘m;
  • kumush medal sohibiga — 112,5 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 93,75 mln. so‘m;
  • bronza medal sohibiga — 75 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 56,25 mln. so‘m berildi.