Har oktyabrning birinchi haftasi qatag‘on qurbonlariga bag‘ishlanadi
Bu haqda prezidentning tegishli qarori e’lon qilindi.
1 daqiqa o‘qiladi

“Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi.
Har oktyabrning birinchi haftasi
Unga ko‘ra, har yili oktyabr oyining birinchi haftasi mamlakatimizda Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlanadi.
100 mingdan ziyod qatag‘on qurbonlari
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1937–1953-yillarda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod xalqimiz vakillari qatag‘on siyosatining qurboni bo‘lgan. Bu yurtdoshlarimizning 13 ming nafari otib tashlangan, minglab kishilar nohaq quloq qilingan, surgunlarga jo‘natilgan. Ular orasida atoqli davlat va siyosat arboblari, ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, diniy ulamolar, harbiy soha va sud-huquq tizimi xodimlari, ishchi-dehqonlar va ularning oila a’zolari bo‘lgan.



