2005-yildan buyon okeanlarning isish sur’ati ikki baravar oshdi
Okeanologlar bu hodisa kuchliroq va vayronkor bo‘ronlar hamda dovullarni shakllanishiga olib kelishini ta’kidladilar.
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar 2005-yildan beri global okeanning isish sur'atlari deyarli ikki barobarga oshganini aniqladi. Bu haqda TASS “Copernicus Marine Service” hisobotiga tayanib xabar berdi.
Okeanlarning isishi 60-yillardan buyon ortmoqda
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, okeanlarning isishi 60-yillardan buyon barqaror ravishda ortib bormoqda. Taxminan 2005-yildan boshlab isish sur’atlari ikki barobarga oshdi — suv 0,58 vatt/kv.m dan 1,05 vatt/kv.m gacha qizidi.
1970-yildan boshlab okeanlar iqlim tizimidan ortiqcha issiqlikning 90 foizidan ko‘pini o‘ziga singdirdi, bu esa ko‘plab issiqxona gazlari chiqindilari tufayli yuzaga kelgan. Hisobotda aytilishicha, isish jarayoni dengiz issiqlik to‘lqinlarining kuchayishi bilan ham kuzatilmoqda.
Issiqlik to‘lqinlari 20 kundan 40 kungacha davom etmoqda
2023-yilda okeanlarning taxminan 22 foizi hech bo‘lmaganda bir marta kuchli issiqlik to‘lqiniga duch kelgan. Issiqlik to‘lqinlari uzoqroq davom etmoqda, 2008-yildan beri ularning o‘rtacha maksimal davomiyligi ikki baravar ko‘payib, 20 kundan 40 kungacha yetgan.
Okeanologlar okean isishi kuchliroq va vayronkor bo‘ronlar hamda dovullarni shakllanishiga olib kelishini ta’kidladilar.



