Qozogʻistonda boʻlib turgan oʻzbekistonliklar ogohlantirildi
O‘zbekistonlik migrantlarga yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilish hamda xavfsiz transport vositalaridan foydalanish tavsiya etildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirdi.
Noqulay ob-havo
So‘nggi kunlarda Qozog‘iston Respublikasi hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.
Shuningdek, yaqin haftalar davomida joylarda tuman, kuchli yomg'ir hamda yo'llarda muzlash holatlari Respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanishda qiyinchiliklarni vujudga keltirishi mumkin.
"Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘raymiz", – deyiladi agentlik xabarida.



