Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +9°

8,1 mlrd so’mlik noqonuniy davlat xaridlarining oldi olindi

Olib borilgan tekshiruv natijalari ko’ra eng ko’p korrupsiyaga oid huquqbuzarlik Surxondaryo viloyatida aniqlangan.

3 daqiqa o‘qiladi

8,1 mlrd so’mlik noqonuniy davlat xaridlarining oldi olindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Respublika bo’yicha jami 19 ta holatda jami 8,1 mlrd so’mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlanib, bekor qilindi.

Noqonuniy davlat xaridlarini amalga oshirmoqchi bo’lganlar

Agentlik xabariga ko’ra:

Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligidagi 923,2 mln so‘mlik;

G‘ijduvon tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi buyurtmachiligidagi 878,1 mln so‘mlik;

Urganch tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligidagi 632,4 mln so‘mlik;

 Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi akademik litsey buyurtmachiligidagi 396,9 mln so‘mlik;

Buvayda tumani obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligidagi 396,0 mln so‘mlik;

Surxondaryo 2-son viloyat perinatal markazi buyurtmachiligidagi 306,0 mln so‘mlik;

Surxondaryo viloyat fiziatriya klinik shifoxonasi buyurtmachiligidagi 205,0 mln so‘mlik;

O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qumqo‘rg‘on tumani bo‘limi buyurtmachiligidagi 182,8 mln so‘mlik;

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyat mintaqaviy filiali buyurtmachiligidagi 177,5 mln so‘mlik;

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti buyurtmachiligidagi 175,0 mln so‘mlik;

Xiva shahridagi 56-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta taʼlim maktab-internati buyurtmachiligidagi 169,0 mln so‘mlik;

Konimex tuman madaniyat va turizm bo‘limi buyurtmachiligidagi 140,0 mln so‘mlik;

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi kompetensiyani rivojlantirish instituti buyurtmachiligidagi 120,0 mln so‘mlik;

Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligidagi 108,2 mln so‘mlik;

Yoshlar ishlari agentligining Sharof Rashidov tumani bo‘limi buyurtmachiligidagi 100,5 mln so‘mlik;

Farg‘ona shahar hokimligi buyurtmachiligidagi 89,3 mln so‘mlik;

Konimex tumani madaniyat bo‘limi-tuman madaniyat va aholi dam olish markazi buyurtmachiligidagi 71,0 mln so‘mlik davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan.

Davlat xaridlarida affillangan shaxslar ishtiroki

Shuningdek, “Mikrokreditbank” Surxondaryo viloyat filiali buyurtmachiligidagi 1,84 mlrd so‘mlik hamda

Toshkent viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi buyurtmachiligidagi 1,2 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida o‘zaro affillangan(moliyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslarning faoliyatiga ta'sir ko'rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs) shaxslar ishtirok etgan.

Qonun buzilish holatlari hududlar kesimida

Yuqoridagi qonunbuzilishi holatlarining hududlar kesimidagi tahliliga ko’ra,  Surxondaryo viloyatida 5 ta, Farg‘ona viloyatida 3 ta, Xorazm, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahri 2 tadan hamda Buxoro, Jizzax va Toshkent viloyatlari  1 tadan davlat xaridlarining qonunchilikka zid amalga oshirilishi oldi olingan.

Sohalar kesimida

Sohalar kesimida esa taʼlim va sog‘liqni saqlashga 5 tadan, mahalliy hokimlik va tizim tashkilotlariga 3 ta, bank-moliya va madaniyatga 2 tadan, transport va yoshlarga 1 tadan taalluqlidir.

To’plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan

Agentlikning taqdimnomalariga asosan mazkur davlat xaridlari bo‘yicha xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilindi.

Qayd etilgan qonunbuzilishi holatlariga oid to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlikka duch kelganda kimga murajaat qilish kerak?

Agentlik matbuot xizmati korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelganda agentlikka xabar berishni so’rab murojaat qilgan.

“Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz” – deyiladi xabarda.